1

O`zbekistonda doimiy ishi yo`lda o`tadigan xodimlarga ustama to`lanadi

Iqtisodiyot 11.09.2019, 19:13
O`zbekistonda doimiy ishi yo`lda o`tadigan xodimlarga ustama to`lanadi

Hukumat qarori bilan Ko`chma va qatnash tusidagi ishlar bilan bog`liq ustamalar to`lash tartibi to`g`risida nizom tasdiqlandi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali xabar berdi.

Nizomga muvofiq, ko`chma yoki qatnash tusidagi ishlarning xususiyati va ustamalar miqdori ish beruvchi va xodim o`rtasida tuziladigan mehnat shartnomasida ko`rsatiladi.

Ishning ko`chma xususiyati uchun ustama tashkilot joylashgan joydan ish (ob`ekt) joyiga muntazam xizmat safarlarini amalga oshirish bilan bog`liq ishni, biroq har kuni yashash joyiga yoki tashkilot joylashgan joyga qaytib kelish mumkin bo`lgan ob`ektlarda ishni bajaruvchi xodimlarga, shuningdek, doimiy ishi yo`lda o`tadigan xodimlarga belgilanadi.

Ishning qatnash xususiyati uchun ustama ishlab chiqarish zarurati tufayli har kuni doimiy yashash joyiga qaytib kela olmaydigan xodimlarga ularning doimiy yashash joyidan uzilganligi bilan bog`liq oshgan xarajatlarni qoplash maqsadida belgilanadi.

Bunday ishlar uchun ustamalar belgilanadigan xodimlar kasblari va lavozimlari ro`yxati, shuningdek, ustamalar miqdori ish beruvchi tomonidan kasaba uyushmasi qo`mitasi yoki xodimlarning boshqa vakillik organi bilan kelishgan holda belgilanadi va jamoa shartnomasida ko`rsatiladi.

Bunda ustama miqdori respublika hududida belgilangan bir oylik eng kam ish haqi miqdoridan oshmasligi kerak.

Shuningdek, belgilangan miqdorlardan oshmaydigan ko`chma va qatnash tusidagi ishlar uchun to`langan ustamalarga daromad solig`i solinmaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1