1

Yaponiya hukumati to`liq tarkibda iste`foga chiqdi

Dunyo 11.09.2019, 18:58
Yaponiya hukumati to`liq tarkibda iste`foga chiqdi

Bosh vazir Sindzo Abe mahkamasi a`zolaridan iste`fo haqidagi bildirgini qabul qilib oldi. Bunga partiyaning parlament yuqori palatasi saylovlaridagi g`alabasidan so`ng hukumat tarkibidagi o`zgarishlar va oktyabr oyida iste`mol solig`ini 10 foizga oshirish rejalashtirilgani sabab bo`ldi.

O`tgan yilning oktyabrida hukumatdagi o`zgarishlar davomida ko`plab vazirlar o`z lavozimini saqlab qolgan bo`lsa, endilikda faqat hukumat bosh kotibi Yosihide Suga va moliya vaziri Taro Aso o`z joyida qoladi, xolos.

Bugun kunning ikkinchi yarmida hukumatning yangi tarkibi e`lon qilinadi. Shundan so`ng yangi mahkamani mamlakat imperatori tomonidan tasdiqlash marosimi bo`lib o`tadi va u rasman shakllangan hisoblanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1