1

O`zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy delegasiyasi AQShga tashrif buyurdi

Jamiyat 11.09.2019, 16:03
O`zbekiston Mudofaa vazirligi harbiy delegasiyasi  AQShga tashrif buyurdi

O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri o`rinbosari general-mayor Azizbek Ikramov boshchiligidagi harbiy delegasiya harbiy ta`lim sohasidagi ikki tomonlama aloqalarni yanada rivojlantirish, shuningdek, har ikki mamlakat harbiy ta`lim muassasalari o`rtasidagi o`zaro hamkorlik istiqbollarini muhokama qilish maqsadida AQShga tashrif buyurdi.

O`zbekistonning AQShdagi elchixonasi ma`lumotiga ko`ra, tashrif doirasida 9 sentyabr kuni general-mayor Azizbek Ikramov AQSh Milliy mudofaa universiteti Prezidenti, vise-admiral Fris Rugge bilan uchrashdi. O`zaro muloqot mobaynida oliy bo`g`in ofiser kadrlarini tayyorlash, shuningdek, harbiy tadqiqotlar o`tkazish borasida o`zaro hamkorlikni yo`lga qo`yishdan har ikki tomon ham manfaatdor ekanligi ta`kidlab o`tildi. Tomonlar keng ko`lamli masalalar vaAQSh Milliy mudofaa universiteti hamda O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari akademiyasi o`rtasida o`zaro hamkorlik yo`nalishlari bo`yicha fikr almashdilar.

O`zbekiston Respublikasi delegasiyasi universitet infratuzilmasi, harbiy kadrlar tayyorlashga yondashuvning umumiy tizimi, shuningdek, professional harbiy ta`limning muayyan kurslari uchun mo`ljallangan o`quv dasturlarini ishlab chiqish prinsiplari bilan tanishdi.

Shu kunning o`zida mamlakatimiz delegasiyasi vakillari Yaqin Sharq va Janubiy Osiyo Strategik tadqiqotlar markazi (NESA) direktori, iste`fodagi general-leytenant Tomas Vulf bilan uchrashdi. Tomonlar mintaqaviy xavfsizlik sohasida tadqiqotlar o`tkazish masalalari bo`yicha hamkorlikni yanada chuqurlashtirishdan o`zaro manfaatdor ekanliklari ta`kidlab o`tildi.

10 sentyabr kuniMissisipi shtatidan AQSh Kongressi Vakillar palatasi a`zosi Trent Kelli, shuningdek, AQSh Mudofaa vazirligi vakili Amer Latif bilan uchrashuvlar bo`lib o`tdi. O`zaro muloqot davomida tomonlar o`zaro hamkorlikning bugungi holati va uni yanada rivojlantirish yo`nalishlari bo`yicha fikr almashdi.

Delegasiyamiz a`zolari 11-13 sentyabr kunlari Pensilvaniya shtatining Karlayl shahrida joylashgan AQSh Quruqlikdagi qo`shinlari Harbiy kollejiga tashrif buyuradi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1