Долзарб мавзулар Foto

Avstraliyada o`rmon yong`inlari kuzatilmoqda (Video)

Бўлимлар: Dunyo
Теглар: Video
Добавлено: 11.09.2019, 13:16

Avstraliyaning Kvinslend va Janubiy Uels shtatlarida kuzatilayotgan kuchli o`rmon yong`inlari sabab hozirda odamlar o`z uy-joylarni tashlab chiqishga majbur bo`lmoqda. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar berdi.

Hozirga qadar 140 ta alanga o`chog`i ro`yxatga olingan bo`lib, ularning aksariyati Kvinslend shtatida joylashgan. Yong`in 80 ga yaqin turar joy binolariga zarar etkazgan. Hududda esayotgan kuchli shamol alangani tez orada katta hududlarga tarqalishiga sabab bo`lmoqda. Ayni damda minglab gektar hudud yonib kul bo`lgan.

Janubiy yarim sharda hozir bahor fasli, yilning bu davrida Avstraliyada odatda yong`inlar tez-tez ro`y beradi. Biroq bu safar ular odatdagiga qaraganda, ancha barvaqt boshlandi. Mahalliy polisiya yong`inlarning kelib chiqishi yuzasidan tergov-surishtiruv ishlarini olib bormoqda.

Google+
WhatsApp
VK
Telegram

Комментарии

SUG'DIYONA