1

2996 nafar inson o`limi yoxud Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazi terrorchilar tomonidan bombardimon qilinganiga 18 yil to`ldi

Dunyo 11.09.2019, 11:25
2996 nafar inson o`limi yoxud Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazi terrorchilar tomonidan bombardimon qilinganiga 18 yil to`ldi

Insoniyat tarixining har bir kuni o`tmish varaqlarida munosib iz qoldiradi. Bashariyat paydo bo`lganidan buyon odamzod 365 yoki 366 kunlik yilning ko`pini ko`rdi.

Oradan bir necha ming yillar o`tdi. Barcha sanalar singari 11 sentyabrda ham turli yillarda turfa hodisalar ro`y beraverdi. Shu bois ham u tarixdagi muhim voqealarga boy.

Dastavval ushbu kun haqida qisqacha ma`lumot bersak. 11 sentyabr sanasi odatiy yilning 254-kuni. Kabisa yilida esa 255 ga aylanadi. Yil oxirlashiga 111 kun qoldi. Bu kunni argentinaliklar O`qituvchilar milliy kuni sifatida nishonlashmoqda,

O`ZBEKISTON TARIXIDA:

1469 yil – temuriyzoda Sulton Husayn Boyqaro o`z askarlari bilan Hirotdan chiqib, Mashhad orqali Astrobodga yuradi. Chinoron mavzeyida yodgor Muhammad Mirzo qo`shini bilan to`qnashib, jang boshlandi. Jang asnosida har ikki tomondan ko`plab qurbonlar berilib, jang Sulton Husayn Boyqaro g`alabasi bilan intihosiga etdi.

1873 yil – etnograf, tilshunos, eronshunos olim, O`zbekiston Fanlar akademiyasi akademigi Mixail Andreev (1873–1948) dunyoga keldi.

1914 yil – terapevt olim, O`zbekiston Fanlar akademiyasining muxbir a`zosi Ergash Otaxonov (1914–1967) tavallud topdi.

1916 yil – O`zbekiston xalq artisti Turesh Ollanazarov dunyoga keldi. U 1966–1968 yillarda Qoraqalpoq madaniyat vaziri lavozimida ishlagan.

1917-yil – Toshkentda Butunturkiston musulmonlarining 7 sentyabr kuni boshlangan ikkinchi s`ezdi nihoyasiga etdi.

1920 yil – Buxoroda amirlik tuzumini ag`darib tashlashdek o`z tarixiy vazifasini bajargan Yosh buxoroliklar partiyasining a`zolari umumiy asosda Buxoro kompartiyasi safiga kirdi.

1945 yil – O`zbekiston Respublikasi xalq o`qituvchisi Ramazon Abdullaev tavallud topdi. U faoliyati davomida o`z shaxsiy jamg`armasi hisobidan 180 o`rinli maktab binosini qurib foydalanishga topshirgan.

1948 yil – O`zbekiston Respublikasi xalq o`qituvchisi Komil Mansurov dunyoga keldi.

1952 yil – O`zbekiston Respublikasi xalq o`qituvchisi Boymamat O`ljaev tavallud topdi.

1956 yil – urolog, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi Dmitriy Vvedenskiy (1887–1956) vafot etdi.

1974 yil – O`zbekiston Kommunistik Partiyasi Markaziy Komitetining “Rahbar kadrlar hamda jamoa, davlat xo`jaligi mutaxassislari malakasini oshirish va qayta tayyorlash bo`yicha qishloq xo`jaligi tashkilotlari faoliyati to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.

1985 yil – o`zbek tilshunosi, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi Fattoh Abdullaev (1914–1985) vafot etdi.

1989 yil – fizik olim, O`zbekistonda xizmat ko`rsatgan fan arbobi Vafo Mo`minov (1927–1989) vafot etdi. Uning ilmiy ishlari, asosan, yadro fizikasiga oid.

1992 yil – O`zbekiston xalq artisti Sa`dixon Tabibullaev (1906–1992) tavallud topdi.

1998 yil – O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “O`zbekiston Respublikasida tennisni yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarori qabul qilindi.

2001 yil – Toshkentda tennis bo`yicha “O`zbekiston Respublikasi Prezidenti kubogi” bo`ldi.

2003 yil – O`zbekistonning iqtisodiy va ijtimoiy taraqqiyotiga qo`shayotgan munosib hissasi va shaharning 70 yilligi munosabati bilan Nukus “Do`stlik” ordeni bilan mukofotlandi.

JAHON TARIXIDA:

813 yil – franklar imperatori Buyuk Karl o`z o`g`li Lyudovik I ga o`zining taxtdoshi va vorisi sifatida toj kiydirdi.

1297 yil – shotland xalqining Angliyadan mustaqil bo`lish uchun kurashida Uilyam Uolles rahbarligidagi qo`zg`olonchilar armiyasi Strerling yaqinida ingliz qo`shinlarini tor-mor keltirdi.

1382 yil – 1342–1382 yillarda Vengriyani, 1370–1382 yillarda Lyudovik I Buyuk yoki vengriyalik Lyudovik nomi bilan Polshani ham boshqargan Layosh Buyuk (1326–1382) vafot etdi.

1609 yil –ingliz dengiz sayohatchisi Genri Gudzon Manxetten orolini kashf etdi.

1822 yil – ingliz iqtisodchisi, klassik iqtisodiy maktab namoyondasi David Rekardo (1772–1822) vafot etdi. Uning ilmiy ishlari ish haqi, foyda va renta masalalariga bag`ishlangan.

1845 yil – fransuz ixtirochisi Jan Moris Emil Bordo (1845–1903) dunyoga keldi. U ko`p qirrali ketma-ket telegraflash masalasini amalda birinchi bo`lib hal qilgan.

1865 yil – Yan Raynis taxallusi bilan ijod qilgan Latviya xalq shoiri, dramaturg va jamoat arbobi Yanis Pliekshans (1865–1929) dunyoga keldi. Uning “Yangi zamon” nomli she`riy to`plami o`zbek tiliga tarjima qilingan.

1877 yil – ingliz fizigi va astronomi, London qirollik jamiyati a`zosi, Qirollik astronomiya jamiyatining 1925–1927 yillardagi prezidenti Jeyms Xopvud Jins (1877–1946) tug`ildi.

1894 yil – kinemotografiya asoschilaridan biri Aleksandr Dovjenko (1894–1956) dunyoga keldi. 1957 yilda Kiev kinostudiyasiga Dovjenko nomi berilgan.

1900 yil – rus aviakonstruktori, muhandis-texnik xizmati general-mayori, ikki karra Mehnat Qahramoni Semyon Lavochkin (1900–1960) dunyoga keldi. U tovushdan tez uchadigan La-190 va istalgan ob-havo sharoitida uchadigan La-200 reaktiv qiruvchi samolyotlarini yaratdi.

1910 yil – fransuz yozuvchisi Lui Anre Bussenar (1847–1910) vafot etdi.

1911 yil – asli Chustda tavallud topgan tojik yozuvchisi, dramaturg, adabiyotshunos Sotim Ulug`zoda (1911–1997) tavallud topdi. Uning asarlari o`zbek tiliga tarjima qilingan.

1914 yil – jadidchilik harakatining asoschisi Ismoilbek Gasprinskiy (1851–1914) vafot etdi. U “Yuz yildan so`ng. 2000-sana” badiiy publisistik romani muallifi.

1965 yil – Suriya davlat arbobi Bashar Asad dunyoga keldi. U 1992 yildan ko`z kasalliklari vrachi sifatida Londonda malakasini oshirgan. 2000 yil iyulda Suriya Arab Respublikasi Prezidenti lavozimini egallagan.

1971 yil – KPSS Markaziy Komitetining 1953–1964 yillardagi 1-kotibi Nikita Xrushchyov (1894–1971) vafot etdi. U KPSSning 1956 yildagi 20- va 1961 yildagi 22-s`ezdlarida Iosif Stalin shaxsiga sig`inishni va uning faoliyatini keskin tanqid qildi. N. Xrushchyov xotiralar yozgan. Ular 1981 yilda AQShda, 1997 yilda Rossiyada, to`liq matni esa 1999 yilda e`lon qilindi.

1973 yil – Chilida general Augusto Pinochet boshchiligida harbiy to`ntarish bo`lib, prezident Salvador Alende o`ldirildi. General Augusto Pinochet mamlakat “Bosh qo`mondoni” bo`ldi.

1988 yil – Estoniyada eston tili davlat tili deb e`lon qilindi.

1990 yil – RSFSR Oliy Soveti ikkinchi sessiyasi S. Shatalinning “500 kun” Programmasini qabul qildi.

1998 yil – Rossiya Davlat Dumasi hukumat boshlig`i etib Evgeniy Maksimovich Primakovni tasdiqladi. U bu lavozimda 1999 yil 12 mayga qadar faoliyat yuritdi.

2001 yil – Nyu-Yorkdagi Jahon savdo markazi va Vashingtondagi Pentagonda terrorchilik harakatlari tufayli 3000 ga yaqin kishi halok bo`ldi. Uyushtirilgan terrorchilik aktlari uchun javobgarlikni AQSh ma`muriyati “Al-Qoida” tashkiloti bilan Usoma bin Lodinga yukladi va terrorchilarning bazalarini bombardimon qildi. Ma`lum bo`lishicha, 3000 ga yaqin inson ushbu terakt oqibatida halok bo`lgan, jarohatlanganlar soni esa 6000 mingdan ziyod.

2009 yil – Mixay Gimpu Moldova Respublikasi Prezidenti bo`ldi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1