1

“Chirchiq” poligonida O`zbekiston va Qozog`iston harbiylarining hamkorlikdagi “Qalqon – 2019” taktik mashqlari boshlandi

Jamiyat 10.09.2019, 19:14
“Chirchiq” poligonida O`zbekiston va Qozog`iston harbiylarining hamkorlikdagi  “Qalqon – 2019” taktik mashqlari boshlandi

Respublikamiz hukumati tomonidan mintaqada tinchlik va xavfsizlikni ta`minlash, xalqaro harbiy hamkorlikni mustahkamlash masalalariga katta e`tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda chet davlatlar bilan qo`shma o`quv mashg`ulotlari muntazam o`tkazilmoqda. Toshkent harbiy okrugidagi dala-o`quv maydonida boshlangan O`zbekiston va Qozog`iston Respublikalari Mudofaa idoralari hamkorligidagi «Qalqon – 2019» maxsus-taktik o`quvlari shular jumlasidandir.

Tadbirning tantanali ochilish marosimida O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirining birinchi o`rinbosari, Qurolli Kuchlar Bosh shtabi boshlig`i general-mayor P.Ergashev va Qozog`iston Respublikasi Mudofaa vazirligi mas`ul ofiseri polkovnik J.Jantasov ishtirok etdi.

Ma`lumki, O`zbekiston va Qozog`iston o`rtasidagi do`stona munosabatlar rivojlanishning yangi bosqichiga ko`tarilmoqda. Ikki mamlakat Prezidentlarining joriy yil aprel oyidagi uchrashuvi, xususan, hamkorliklar qamrovining kengayishi fikrimizni tasdiqlaydi.

Mudofaa idoralari o`rtasidagi mazkur o`quvlar do`stona va o`zaro ishonchli munosabatlarning mantiqiy davomi hisoblanadi.

Tadbirda so`zga chiqqanlar hamkorlikdagi mashg`ulotlar harbiy xizmatchilarning jangovar salohiyati, perofessional bilimlari, xalqaro terrorizmga qarshi hamkorlikda kurashishdagi mahoratini oshirish, o`zaro tajriba almashish maqsadida o`tkazilayotganligini ta`kidladi.

«Qalqon – 2019» o`quvlari davomida harbiy aviasiya kuchlari, jangovar zirhli texnikalar qo`llanilishi, desantlashtirish jarayonlari, kunduzgi va tungi sharoitlarda o`q otish mashqlari kabi qator mashg`ulotlar o`tkaziladi.

Xalqaro harbiy hamkorlik doirasidagi maxsus-taktik tadbirlar 14 sentyabrga qadar davom etishi rejalashtirilgan.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1