1

Tashkil etilgan davlat inspeksiyasiga rahbar tayinlandi

Jamiyat 10.09.2019, 18:54
Tashkil etilgan davlat inspeksiyasiga rahbar tayinlandi

Prezidentimizning joriy yil 9 sentyabrdagi “O`zbekiston Respublikasida sanitariya-epidemiologiya xizmati tizimini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida”gi Farmoniga ko`ra, Sog`liqni saqlash vazirligining sanitariya-epidemiologiya nazorati xizmati tashkilotilari va ularning hududiy bo`linmalari negizida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi va Sog`liqni saqlash vazirligi huzurida esa Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi tashkil etildi.

Sog`liqni saqlash vazirligida bo`lib o`tgan tadbirda O`zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori bilan Atabekov Nurmat Satiniyazovich Sanitariya-epidemiologiya nazorati davlat inspeksiyasi boshlig`i – O`zbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya inspektori, Almatov Bahrom Ibragimovich Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik agentligi direktori – O`zbekiston Respublikasining Bosh davlat sanitariya vrachi etib tayinlanganligi bildirildi.

N. Atabekov bugungi kungacha Epidemiologiya, mikrobiologiya va yuqumli kasalliklar ilmiy tekshirish instituti direktori, B. Almatov esa Respublika Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati markazi bosh vrachi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Tadbirda O`zbekiston Respublikasi Bosh vazir o`rinbosari A. Abduhakimov va Sog`liqni saqlash vaziri A. Shadmanov ishtirok etdi.


Sog`liqni saqlash vazirligi

Jamoatchilik bilan aloqalar bo`limi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1