1

O`zbekiston-Turkiya: Turizm sohasidagi jamoat tashkilotlari Nevshehir shahar jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi

Jamiyat 10.09.2019, 17:25
O`zbekiston-Turkiya: Turizm sohasidagi jamoat tashkilotlari Nevshehir shahar jamoat tashkilotlari bilan hamkorlik qiladi

9-14 sentyabr kunlari O`zbekiston Aeronavtika federasiyasi, Mehmonxonalar assosiasiyasi, Gidlar uyushmasi, Gastronomik turizmi assosiasiyasi rahbarlari hamda Turizmni rivojlantirish davlat qo`mitasi vakillaridan iborat delegasiya Turkiya Respublikasiga tashrif buyurdi. Tashrifdan ko`zlangan maqsad – O`zbekiston Respublikasi Hukumati bilan Turkiya Respublikasi Hukumati o`rtasida turizm sohasida hamkorlik to`g`risidagi bitimga muvofiq, turizm sohasidagi jamoat tashkilotlari yo`nalishida hamkorlikni mustahkamlash, o`zaro tajriba almashish va bu borada qator kelishuvlarga erishishdan iborat.

9 sentyabr kuni delegasiya Turkiyaning Nevshehir (Kappadokiya) shahar hokimiyatida “KAP-HİP” Kappadokiya Turizm zonasi infratuzilma xizmatlari birlashmasi raisi, shahar hokimi Rasim Ari hamda Nevshehir Aeronavtika federasiyasi raisi Halil Uluer bilan uchrashdi. Ta`kidlash joizki, Nevshehir Turkiyaning havo sharlari bilan tanilgan eng yirik shaharlaridan biri hisoblanib, u erga har yili 3,5 milliondan ziyod xorijiy turist tashrif buyuradi, ichki sayyohlar soni 10 millionga etadi, joylashtirish vositalarida jami 30 mingga yaqin o`rin mavjud. Uchrashuvda O`zbekistonning turizm salohiyati hamda investision imkoniyatlari haqida ma`lumot berilib, O`zbekistonda turizmning yangi turlari, jumladan ekstremal va yoshlar turizmini rivojlantirishda hamkorlik qilish masalasi muhokama etildi. Nevshehir shahar hokimi Rasim Ari hamda shahar Aeronavtika federasiyasi raisi Halil Uluer turizm sohasida hamkorlik qilish maqsadida O`zbekistonga tashrif buyurish istagi borligini ta`kidladi.

“KAP-HİP” Kappadokiya Turizm zonasi infratuzilma xizmatlari birlashmasiga a`zo hisoblangan, havo shari parvozi bilan shug`ullanuvchi tashkilotlarning faoliyati bilan yaqindan tanishish maqsadida “Atmosfer Balloons” kompaniyasida uchrashuv tashkil etildi. Ma`lumot uchun: “Atmosfer Balloons” kompaniyasi 1992 yilda tashkil etilgan bo`lib, o`z faoliyatini 2 ta havo shari bilan boshlagan. Bugungi kunda 130 ga yaqin havo sharlari mavjud bo`lib, ushbu xizmatdan kuniga 4 mingdan ziyod turist foydalanmoqda. Mazkur kompaniya rahbari Sevni Peker O`zbekistonda havo sharida muntazam parvozlarni tashkil qilish bo`yicha turizm klasterini yaratishga qiziqish bildirdi. Uchrashuv yakunida O`zbekistonda turizmning jozibadorlini oshirish, uning turlarini ko`paytirish va rivojlantirish bo`yicha O`zbekiston Aeronavtika federasiyasi Nevshehir Aeronavtika federasiyasi hamda “Arhrodisias Ballons” kompaniyasi bilan hamokrlik qilishga kelishib olindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1