1

Odamlarni xavotirga solgan meteorit

Dunyo 10.09.2019, 15:36
Odamlarni xavotirga solgan meteorit

Angliyaning janubida mahalliy aholi engil motorli samolyot falokatga uchraganini ma`lum qilgach, uning qoldiqlarini qidirish operasiyasi boshlandi. Polisiya hech narsa aniqlamagach, aholi meteor parvozini ko`rgani haqidagi xulosaga kelgan. Bu haqda The Guardian nashri xabar berdi.

Odamlar favqulodda vaziyatlar xizmatchilariga osmonda uchib, so`ngra bo`laklanib ketgan yorqin ob`ektni ko`rganini ma`lum qilishgan. Devon va Kornuell grafliklari polisiyasi ob`ektni topish uchun qidiruv operasiyasini tashkillashtirgan. Buning uchun ikkita samolyot jalb qilingan.

Biroq ko`p o`tmay operasiya to`xtatilib, hech qanday jabrlanuvchilar aniqlanmaganini ma`lum qilgan. Ta`kidlanishicha, agar aviafalokat yuz berganda samolyot qoldiqlari, tutun yoki yong`in ko`ringan bo`lardi.

Bundan tashqari, Kardiff va Dorsetda bir necha kishi janubda meteor qulaganini ma`lum qilgan. Shu bilan birga qidiruv olib borilgan hududda birorta parvoz qayd qilinmagan.

Britaniyaning koinot monitoringi xizmati meteor taxminan La-Mansh bo`g`ozi orqali janub tomon uchganini ma`lum qildi. Shuningdek, Britaniya va Fransiya monitoring xizmatlari ham bo`g`oz ustida katta olovli shar uchib o`tganini qayd qilishdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1