1

Toshkentda ekologik toza transport – Elektrobus harakati yo`lga qo`yildi

Jamiyat 10.09.2019, 15:24
Toshkentda ekologik toza transport – Elektrobus  harakati yo`lga qo`yildi

Toshkentda o`z yo`nalishi bo`yicha ilk qatnovlarini amalga oshirayotgan Belarus elektrobusi sinov amaliyoti uch oy davom etadi.Yorqin sariq rangdagi mashina «Belkommunmash» (Belarus) 3 sentyabr kuni poytaxtga ekazilgan edi. 8 sentyabr kuni elektrobus ilk bor yo`nalishga chiqdi. «Toshshahartransxizmat» kompaniyasi va biriktirilgan 7-avtobus saroyi rahbariyati uning birinchi reys yo`lovchilari bo`lishdi.Vitovt Electro E420 bir martalik quvvat bilan 20−25 kilometr atrofida masofa bosib o`tadi. Quvvat olish vaqti esa 6−8 daqiqaga teng. O`rtacha 90 nafar yo`lovchi olib yurish imkoniyatiga ega. Buyurtmachi xohishiga qarab o`rindiqlar soni o`zgarishi mumkin.Elektrobus saloni kondisioner bilan jihozlangan hamda tabiiy havo almashuvini ta`minlovchi etarlicha kenglikdagi ochiluvchi oynalarga ega. Ortiqcha quyosh nurlarini qaytarish uchun oynalar engil qoraytirilgan.Haydovchi kabinasi juda qulay va yo`lovchilar salonidan to`liq ajratilgan. Shuningdek, o`z kondisioner tizimi, ham salon, ham tashqaridagi vaziyatni nazorat qilish uchun videokuzatuv tizimiga ega.

Kuzovi kompozit materiallardan tayyorlangan elektrobus 60 km/soat tezlikda hamjuda ravon harakatlanadi.

Elektrobus 41-avtobus yo`nalishida Chilonzor 25-mavze — Chilonzor buyum bozori o`rtasida qatnamoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1