1

Vazirlar Mahkamasi huzurida yangi agentlik tashkil etildi

Jamiyat 10.09.2019, 15:03
Vazirlar Mahkamasi huzurida yangi agentlik tashkil etildi

Vazirlar Mahkamasi huzurida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tashkil etildi.

O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligini tashkil etish to`g`risidagi prezident farmoni hamda ushbu agentlik faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to`g`risida prezident qarori 2019 yilning 9 sentyabr sanasida qabul qilindi. Bu haqda «Huquqiy axborot» kanali orqali xabar berildi.

Farmon bilan Vazirlar Mahkamasi huzurida Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarni rivojlantirish agentligi tashkil etildi.

Quyidagilar agentlikning idoraviy bo`ysunuviga o`tkazildi:

Prezident maktablari;

ijod maktablari;

Muhammad al-Xorazmiy nomidagi axborot-kommunikasiya texnologiyalari yo`nalishiga oid fanlarni chuqurlashtirib o`qitishga ixtisoslashtirilgan maktab hamda Mirzo Ulug`bek nomidagi ixtisoslashtirilgan davlat umumta`lim maktab-internati va Abu Ali Ibn Sino nomidagi yosh biologlar va kimyogarlar ixtisoslashtirilgan maktab-internati.

Farmon bilan agentlikning asosiy vazifalari belgilandi.

Shunga ko`ra, agentlik Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablarda yoshlarni aniqlash, tanlash, o`qitish va tarbiyalash sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiradi.

Agentlikka bosh vazir taqdimnomasiga ko`ra prezident tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.

Prezident, ijod va ixtisoslashtirilgan maktablar uchun o`rnatiladigan davlat ta`lim standartlari agentlik tomonidan tasdiqlanadi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1