1 oktyabrdan yaqin qarindoshlar o`rtasida notarial tasdiqlangan avtoishonchnoma bekor qilinadi. 2020 yil 1 yanvardan esa xususiy notarial idoralar tashkil etiladi.
2020 yil 1 yanvardan xususiy notarial idoralar tashkil etiladi. Bu prezident tomonidan imzolangan «O`zbekiston Respublikasida notariat tizimini tubdan isloh qilish chora-tadbirlari to`g`risida"gi farmonda o`z aksini topgan.
Farmonga ko`ra, Notarial palata tashkil etiladi va unga barcha notariuslar a`zo bo`ladi. Shuningdek, mol-mulklar bilan bog`liq bitimlarni tasdiqlashda ham bir qator talablar bekor qilinadi.
Xususan, kelayotgan yilning 1 yanvaridan e`tiboran qurilishi tugallanmagan uy-joylarni sotishda hokimliklarning ruxsati, vasiylikdagi shaxs nomidan turar joyni ijaraga (arendaga) berishda vasiylik va homiylik organining roziligi talab etilmaydi.
Bundan tashqari, bir qator notarial harakatlarni majburiy notarial tasdiqlash talabi bekor qilinmoqda. Xususan, 1 oktyabrdan boshlab yaqin qarindoshlar o`rtasida notarial tasdiqlangan avtoishonchnoma bekor qilinadi.
2020 yil 1 yanvardan boshlab korxonani ijaraga, tekin foydalanishga berish, birlamchi bozorda mol-mulkni lizingga berish va garov (ipoteka) shartnomalarini majburiy notarial tasdiqlash tartibi bekor qilinadi.
Farmon bilan 2020 yil 1 yanvardan quyidagi yangi notarial harakatlar joriy etiladi:
2020 yil 1 yanvaridan quyidagi qulayliklar yaratiladi:
Shuningdek, 2020 yil 1 yanvargacha Qoraqalpog`iston Respublikasi, viloyatlarda kamida 2 tadan va Toshkent shahrida kamida 5 ta eksperimental notarial idora tashkil etiladi.
Ushbu idoralarda quyidagilar joriy etiladi:
Masofadan turib xizmat ko`rsatilganda rasmiylashtirilgan hujjatlarni mijozga kurer xizmati orqali etkazib berish imkoniyati yaratiladi.
2024 yil 1 yanvarga qadar notarial arxivda saqlanayotgan ko`chmas mulkka bo`lgan huquqni vujudga keltiruvchi bitimlar raqamli ko`rinishga o`tkaziladi.