1

Ozon qatlami: Xavotirga o`rin yo`q, xotirjamlikka ham...

Jamiyat 10.09.2019, 14:10
Ozon qatlami:  Xavotirga o`rin yo`q, xotirjamlikka ham...

16 sentyabr – xalqaro ozon qatlamini himoya qilish kuni

Ozon qatlami haqida insoniyat bir asrdan beri bong urib keladi. Unig emirilib borishi va insoniyat uchun tug`dirishi mumkin bo`lgan halokatli ta`siri haqida barchamiz o`qiganmiz, eshitganmiz. Xo`sh, bu mvzu nima uchun hali-hanuz o`z dolmzarbligini yo`qotmay keladi? Uning biz uchun xavf-xatari shu qadar yuqorimi?

Darhaqiqat, keyingi ikki asr davomida sayyoramiz miqyosida ilm-fanning taraqqiy etishi, sanoatning rivojlanishi, texnika va texnologiyaning katta yutuqlarga erishishi o`z navbatini sayyoramizning tabiiy muvozanatiga ham ta`sirini o`tkazmasdan qolmadi. Bugungi kunga kelib, insoniyat ekologik tanglik atalmish global muammoga ro`baro` keldi. O`tgan asrda Orol dengizining qurishi, sahrolanish jarayonining tezlashishi, havo haroratinining yildan-yilga ortib borishi, iqlim o`zgarishlari – barcha-barchasi insoniyat va tabiat o`rtasidagi mutanosiblik haqida chuqurroq mulohaza yuritishni talab etayotir

Ozon qatlaminining emirilishi, unda turli tuynuklaring hosili bo`lishi ham bevositaana shu muvozanat va mutanosiblikning izdan chiqishiga chambarchas bog`liq. Keling, mushohadalarimizni chuqurlashtirishdan avval, ozon qatlami haqidagi tushunchalarimizni “elakdan o`tkazsak”...

Ozon qatlami qaerda?

Kimyoviy nuqtai nazardan qaraganda ozon – bu molekulasi uchta kislorod atomidan tashkil topgan modda (O3) bo`lib, kislorodga Quyoshnig ultrabinafsha nurlari ta`sir etishi natijasida yuzaga keladi. Ozon qatlaminin asosiy qism, stratosfera qatlamida, Er sathidan o`rtacha 20-25 km balandlikda (tropik kengliklarda 25-30 km, qutbda 15-20 km) joylashgan. Ozon qatlamining atmosferadagi ulushi 1 000 000/8 ga to`g`ri keladi. Agar dunyo okeanini atmosfera qatlami deb tasavvur qilsak, ozon qatlami shu okean sathidagi3 millimetrlik yupqa pardani tashkil etgan bo`lar edi.

Bu qatlamning vazifasi quyoshdan kelayotgan ultrabinafsha nurlarni filtrlab er sathiga yo`naltirishdan iborat. Olimlarning hisob kitoblariga ko`ra, ushbu zararli nurlarning 97-99%ini aynan Ozon qatlami o`zida tutib qoladi.

Sir emaski, bu zararli nur Er sathigaetib keganida, sayyoramida hayot mutlaqo bo`lmasdi.Ozon qatlami Er atmosferasida 500-600 million yil oldin, fotosintez tufayli, unda etarli miqdorda kislorod to`plangani bois shakllangan, bu esa, tirik mavjudotlar uchun qulay tabiiy shart-sharoit yuzaga kelishini ta`minlagan, avval o`smliklar, keyin hayvonot dunyosi rivojlangan.

Ozon qatlami tushunchasini fanga ilk bor fransuz fiziklari Charlz Fabrri va Anri Buisson kiritgan. 1912 yilda ular ultrabinafsha nurlanishining spektroskopik o`lchovlaridan foydalanib, atmosfera qatlamlarida ozon borligini isbotlab berishgan. Keyinchalik Venus Express orbital zondi orqali Quyosh sistemasidagi boshqa sayyoralar – xususan Venerada ham azon qatlami borligi aniqlandi.

Tuynuklar qaerdan paydo bo`ladi?

Yuqori aytilganidek, atmosferadagi bu yupqagina parda million yillar davomida Quyosh nurini zaminga mo``tadil ravishda etkazib beradi. Ammo vaqti-vaqti bilan bu “parda”ning turli nuqtalarida “tirqish”lar paydo bo`lib turadi.

Ana shunday tuynuklardan biri 1985 yilda aniqlangan edi. Antarktida ustida paydo bo`lgan bu tuynukning diametri ming kilometrdan ko`proq bo`lib, uning maydoni taxminan Mo`g`uliston hududiga teng edi.

Keyinchalik bunday tuynuklar ozon qatlamida ko`pligi, ular vaqti-vati bilan paydo bo`lishi, ma`lum muddatdan keyin o`z-o`zidan bitib ketishi aniqlandi.

Ozon teshiklarining yuzaga kelishining ikki xil asosiysabablari ilgari suralgan: tabiiy va antropogen. Ma`lumki, ozon qatlami hali kashf qilinmagan, sanoat rivojlanmaganzamonlarda ham,unda tabiiy yo`l bilan tuynuklar yuzaga kelgan. Bunga esa, Erning shimoliy va januby qutblaridagi tabiiy jarayonlar sabab bo`lgan.

O`z-o`zidan ma`lumki, ozon qatlami Quyosh nurlari va kislorodning sintezi tufayli paydo bo`ladi. Ma`lumki Arktikada (shimoliy yarim sharda) qish payti, Antarktidada esa yoz oylarida quyosh nuri miqdorining kamayishi ozon qatlamiga ham sezlarli ta`sir ko`rsatadi va unda turli teshiklar paydo bo`ladi. Quyosh nuri oqimining ko`payishi esa, bu tirqishlarning o`z-o`zidan bitib ketishiga sabab bo`ladi.

Bunndan tashqari, Er sathida bir qancha vuqonlarning uyg`onishi va undan ajraladigan turli moddalar ozon qatlamini emirishi aniqlangan.Masalan 2010 yilda Indoneziyaning Yava orolidagi Merapi vulqoni otilganidan keyin ozon qatlamida sezilarli salbiy o`zgarishlar kuzatilgan. Rossiyaoilk olimlarning kuzatishlariga ko`ra, mazkur vulqonning ta`siri ancha payt sezilib turgan va 2011 yilda ham ozon qatlamidagi tirqishlar soni va maydoni me`yordagidan ancha yuqori ekanin aniqlangan.

Xalqaro ilmiy kuzatishlarga ko`ra, 2018 yilda ozon qatlamidagi barcha tirqishlaring umumiy hajmi 17 million kvadrat metrni tashkil etgan. Biroq bu raqam nisbiy bo`lib, tuynuklarning asosiy qismi 7-10 kun ichida bitib ketadi, ularning o`rniga yangilari paydo bo`lishi mumkin.

Inson o`zing, hayron o`zing...

Olimlarning fikricha ozon qatlamiga antropogen jarayonlar juda kata ta`sir ko`rsatib kelmoqda. XX asrga kelib, sanoat korxonalarininig rivojlanish, ishlab chiqarish hajmining ortishi, xususan transport vositalarining ko`paya boshlashi ozon qatlami emirilishini tezlashtirgan.

Ilmiy tekshiruvlar natijastja tarkibida ftor, bromva xlor moddalari bo`lgan freon birikmalari, vodorod xloridi, azot oksidi singari birikmalari atmosferaga chiqarilganda, ular azon qatlamiga etib boradi va bu yupqa qatlamnig emirilishga sabab bo`ladi.

Bunday birikmalar asosan sovutkich va muzlatkichlarda, kondisionerlarda, aerozolli dezodorantlar va pardoz vositalari, chiqindi gazlar tarkibida uchraydi. Shu bois, 1989 yilda Kanadaning Monreal shahrida Azon qatlamiga zarar etkazadiganmoddalar to`g`risida protokol tuzilgan va u 1989 yil 1 yanvardan kuchga kirgan. 2009 yil hoatiga ko`ra, BMTga a`zo 196 davlatning barchasi bu protokolgaqo`shilgan. 2000 yil25 yanvar kuni O`zbekiston RespublikasiVazirlar Mahkamasining Ozon qatlamini himoya qilish sohasidagi shartnomalar bo`yicha xalqaro majburiyatlarni bajarish chora-tadbirlari to`g`risidagi qarori e`lon qilingan.

Monreal protokoliga 2019 yildan boshlab protokolga issiqxona gazlari – gidroftoruglerodlarni cheklash bo`yicha yana bitta qo`shimchakiritildi. Ushbu birikmalar ozon qatlami uchun xavfsiz, ammo ular Erdagi o`rtacha haroratning oshishiga sababchi bo`ladi. Hozirga qadar 58 mamlakat bu qo`shimcha moddani ratifikasiya qildi. Agar ular ushbu modda talablariga to`la rioya qilishsa, haroratning o`rtacha 0.4 ° C atrofida ko`tarilishining oldini oladi.

Qonun hammaga barobarmi?

Mazkur protokol imzolanganidan so`ng, Er yuzidagi deyarli barcha davlatlar asta-sekin quyi xloroflorokarbonlar – tarkibida metan, etan va propan gazlari majud bo`lgan freonlardan foydalanishni to`xtatdilar. Masalan, o`tgan asrning 80-yillarida Er yuzida 350 tonna freon ishlab chiqarilgan bo`lsa, hozirda bu raqam rasman nolga teng. Biroq, o`tgan davr mobaynida atmosferada bunday moddalar atigi 1 foizga kamaydi, xolos. Bundan tashqari, Erning janubiy va shimoliy yarim sharlarida freonlar tarkibidagi farq keskin oshdi. Ko`plab olimlar buni Sharqiy Osiyo mamlakatlarida rasmiy ro`yxatdan o`tmay ishlayotgan ko`plab sanoat korxnalarining faoliyati bilan bog`lashmoqda.

Bundan tashqari sayoramizda ishlab chiqarilayotgan barcha muzlatkich va kondisionerlarni bittalab tekshirishning imkoin yo`q. Garchi rasmiy hujjatlarda ular o`z mahsulotlarida azon qatlamiga zarar etkazuvchi moddalarni ishltmasliklarini ko`rsatishsa-da, amalda buning aksini ko`rish mumkin. Natijada har yilli tonnalab freon atmosferaga chiqayotganini hech kim inkor qila olmaydi.

Nima qilmoq kerak?

Er sayyorasida umrguzaronlik qilayotgan har bir inson etti yarim milliard yo`lovchini bag`riga olgan ulkan kemaga o`xshaydi. Bu kemaning halokati undagi har bir yo`lovchi uchun fojea bilan teng. Shuning uchun ayrim davlatlar yoki sanoat korxonalarinining naqd pul ilinjida xalqaro qonun talablarini qo`pol ravishda buzayotganini ana shu ulkan kemada ketayotgan ayrim nodon yo`lovchilarning ataylib kemani teshishga urinishiga qiyoslash mumkin.

Albatta, azon qalamini asrash qolish faqat hukumta idoralari yoki yirik kompaniyalarning ishi emas. Mutaxassislar buning uchun sayyormizddagi har bir inson hayotbaxsh qatlamning emirilishiga yo`l qo`ymaslik uchun hissa qo`sha olishini aytishmoqda.

Buning uchun har birimiz ilgari ishlab chiqarilgan, katta miqdordagi freon bilan ishlaydigan maishiy texnika vositalari xizmatidan voz kechishimiz, yangilarini sotib olayotganda bu texnikalarda azonni emiruvchi moddalar ishlatilmaganiga ishonch hosil qilishimiz, aerozolli pardoz vositalari va spreylarni ishlatmasligmiz, shaxsiy mashinalar o`rnida ko`proq jamoat transporti yoki velosipedlardan foydalanishimiz, ko`proq daraxt va gul ko`chatlari o`tkazishimiz, platik idishlar va paketlarni ishlatmasligimiz orqaliqaysilir ma`noda ozon qatlamni himoyalashga xizmat qilgan bo`lamiz.

Maqolamiz oxirida yana bir xushxabar: Butunjahon meteorologiya tashkiloti (BMO) va BMT mutaxassislari hisobotiga ko`ra, ozon qatlami har yili o`rtacha 0,3 foizga tiklanib borayotgan ekan. Agar shu taxlit davom etsa, 2016 yillarga borib, ozon qatlami butunlay tiklanadi va unda birorta ham tirqish qolmaydi.

Ammo, buning uchun yuqorida aytganlarimiz – kattalar Protokol talablariga izchil amal qilishi, qolganlar ham yuqorida tilga olingan vazifalarga befarq bo`lmasligi kerak.

Rustam Jabborov



Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1