“Forish” poligonida O`zbekiston va Hindiston maxsus operasiya kuchlari hamkorligida seminar trening boshlandi

Jamiyat 10.09.2019, 11:29
“Forish” poligonida O`zbekiston va Hindiston maxsus operasiya kuchlari hamkorligida seminar trening boshlandi

Jizzax viloyatidagi “Forish” poligonidaHindiston va O`zbekiston maxsus operasiya kuchlari hamkorligida seminar trening o`tkazilmoqda.

Ikki davlat maxsus operasiya kuchlari mutaxassislari ishtirokida o`tkazilayotgan seminar treningda dastlab dunyo va mintaqada kechayotgan harbiy majoralar, turli terroristik guruhlarning olib borayotgan xatti-harakatlari tahlili, ularga qarshi ko`rilayotgan choralar, jang olib borishning zamonaviy usul va uslublari hususida o`zaro fikr almashildi.

Shuningdek, Hindiston harbiy xizmatchilari o`z mamlakatidagi Qurolli Kucharning tuzulishi, qo`shin turlari, jumladan, terrorizmga qarshi olib boralayotgan dasturiy harakatlar hamda ushbu seminarga tayyorlab kelingan o`zlarining dasturlari bilan tanishtirdi.

Shu kuni seminar trening ishtirokchilari “Forish” tog` dala-o`quv maydonida amaliy mashg`ulotlarni olib borish bo`yicha ham tajriba alamashdilar. Hususan, shahar va tog`li hududlarda terroristik guruhlarni yo`q qilishda jang olib borishning o`ziga xos ko`rinishlari namoyish etildi.

Mashqlarda keskin vaziyatlarda guruh shahsiy tarkibining to`g`ri qaror qabul qilish, dushmanni yakson etishning eng samarali usullarini qo`llash, olib borilayotgan operasiyalarni imkon qadar betalofat olib borishning usullari o`z aksini topdi.

Ta`kishlash kerak-ki, Hindiston va O`zbekiston davlatlari o`rtasidagi ikki tomonlama harbiy hamkorlik ko`lami kengayib bormoqda.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1