1

To`lov-kontraktlarni oyma-oy bo`lib to`lash imkoniyati yaratildi

Jamiyat 10.09.2019, 10:27
To`lov-kontraktlarni oyma-oy bo`lib to`lash imkoniyati yaratildi

Endi OTM talabalari to`lov-kontrakt pullarini oyma-oy bo`lib to`lash imkoniyatiga ega bo`lishadi. Bu haqda Oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligining 2019 yilda oliy ta`lim muassasalarida to`lov-kontrakt asosida o`qitish qiymatining o`rnatilishiga taalluqli sharhida ma`lum qilingan.

«Aholiga to`lovlarni amalga oshirishda engillik yaratish maqsadida kontrakt summalarini oyma-oy bo`lib to`lash imkoniyati beriladi hamda oliy ta`lim muassasalari rektorlari to`lov muddatlarini uzaytirish vakolatiga ega bo`ladi» deyiladi sharhda.

Shuningdek, to`lovlarning oshishiga yangi o`quv yilida to`lov-kontrakt qiymati miqdorini 18 foizga oshirilishida (indeksasiya qilishda) asosiy omil sifatida, oliy ta`lim muassasalari xodimlarining ish haqi miqdorlari (o`tgan o`quv yilida 3 marotaba), kommunal xizmatlar tariflar va boshqa saqlash xarajatlari oshgani holda, oliy ta`lim muassasalari xarajatlarini daromadlariga nisbatan 74 foizga o`sganligi inobatga olingani aytilgan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1