1

AQSh harbiy delegasiyasi harbiy aviasiya qo`mondonligiga tashrif buyurdi

Jamiyat 10.09.2019, 10:05
AQSh harbiy delegasiyasi harbiy aviasiya qo`mondonligiga tashrif buyurdi

Kecha, 9 sentyabr kuni podpolkovnik Bred Xoul boshchiligidagi Amerika Qo`shma Shtatlari harbiy aviasiya delegasiyasi O`zbekiston Mudofaa vazirligi Havo hujumidan mudofaa qo`shinlari va Harbiy havo kuchlari qo`mondonligiga tashrif buyurdi.

Uchrashuv davomida AQSh vertolyot va transport aviasiyasi mutaxassislari tog`li hamda sahro hududlarida, turli iqlim sharoitlarida, shuningdek, tungi vaqtlarda tungi ko`rish moslamalaridan foydalangan holda parvoz qilish masalalarni muhokama qildi.

Tashrif davomida AQSh delegasiyasi vakillari Chirchiq garnizonida o`tkaziladigan mashg`ulotlarda nazariy bilimlarni amaliyotda tatbiq etishi rejalashtirilgan.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1