Harbiylar psixologiyasi va ijtimoiy himoyasi kuchaytiriladi

Jamiyat 09.09.2019, 14:32
 Harbiylar psixologiyasi va ijtimoiy himoyasi kuchaytiriladi

Harbiy psixologlar va sosiologlar faoliyatining yo`lga qo`yilganiniQurolli Kuchlarimizni yanada takomillashtirish maqsadida olib borilayotgan islohotlarning samarasi sifatida qayd etish o`rinlidir. O`z navbatida Mudofaa vazirligi yangi tashkillashtirilgan bu sohada harbiy qismlar mas`ul ofiserlarining ko`nikma hamda professional tajribasini oshirish maqsadida qator amaliy izlanishlarni olib bormoqda.

Shu munosabat bilan Toshkent harbiy okrugi tasarrufidagi harbiy qismda o`tkazilgan psixolog va sosiologlarning o`quv-amaliy yig`ilishi fikrimizning isbotidir.Uch kun davom etgan mazkur o`quv-amaliy yig`ilish davomida respublikamizning barcha harbiy qismlaridan tashrif buyurgan mas`ul ofiserlar, shu sohada faoliyat yuritayotgan mutaxassislar ishtirok etishdi.

O`quv mashg`ulotlari Mudofaa vazirligi tarbiyaviy va mafkuraviy ishlar bosh boshqarmasi hamda ijtimoiy-psixologik bo`limining etakchi ofiserlari, oliy o`quv yurtlari o`qituvchilari tomonidan olib borildi. Mudofaa vazirligi tarbiyaviy-mafkuraviy ishlar boshqarmasi boshlig`i polkovnik Hasan Halilov hamda ijtimoiy-psixologik tadqiqotlar bo`limi rahbari podpolkovnik Sherzod Ravshanov mazkur sohada erishilayotgan yutuqlar bilan bir qatorda mavjud muammolarni bartaraf etish dasturlari bo`yicha yig`ilganlarga nazariy ma`ruzalar qilishdi.

Harbiy psixologiya va sosiologiya sohasida faoliyat boshlagan yosh kadrlar yig`in davomida jismoniy tayyorgarlik borasida sinov mashg`ulotlarida qatnashishdi. Shuningdek, ularga harbiy qismda qorovullikka tayinlangan askarlar bilan psixologik yo`riqnomalar berish bo`yicha ko`rgazmali mashq namoyish etildi.

O`quv-yig`in mashg`ulotlarining oxirgi kuni harbiy psixologlar va sosiologlar uchun Qurolli Kuchlar akademiyasi innovasion faoliyat va ilmiy ishlarni tashkillashtirish bo`limi boshlig`i polkovnik Marat Artikov urush jarayonida armiya psixologiyasining tutgan o`rni qanchalik muhimligi to`g`risida chiqish qildi. Polkovnik M.Artikov o`z dasturida bo`lib o`tgan urushlar davomida armiya psixologiyasi haqidagi videolavhalardan foydalandi va bu narsa mazkur jarayonni o`rganayotgan harbiy xizmatchilar qimmatli ma`lumotlarga ega bo`lishdi.

Shundan keyin podpolkovnik Sherzod Ravshanov insonning xulqi, xatti-harakati hamda suhbati orqali odamlarning psixologiyasi, ya`ni maqsadini aniqlash bo`yicha trening mashg`ulotlarini olib bordi.

– Biz ushbu uch kunlik o`quv-amaliy yig`in davomida o`zimizga kerakli bo`lgan muhim bilim va ko`nikmalarga ega bo`ldik, – deydi kapitan Shaxodat Yuldasheva. –Tajribali mutaxassislardanolingan bu bilimlarimizni o`z harbiy qismlarimizda professional faoliyatimiz davomida qo`llab, Qurolli Kuchlarimiz salohiyatini oshirish, takomillashtirish yo`lida olib borilayotgan muhim ishda munosib hissa qo`shamiz.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1