1

Berlindagi IFAdan O`zbekistondagi ICTWEEKgacha: Acer 2019 yil taqdimotlarini boshladi

Jamiyat 09.09.2019, 14:29
Berlindagi IFAdan O`zbekistondagi ICTWEEKgacha: Acer 2019 yil taqdimotlarini boshladi

4 sentyabr kuni Acer kompaniyasi Berlinda bo`lib o`tayotgan IFA- 2019 yuqori texnologiyalarning yirik xalqaro ko`rgazmasida yangi mahsulotlar taqdimotini o`tkazdi. ICTWEEK Uzbekistan 2019 da kompaniyaning O`zbekistondagi rejalari va natijalari borasida ma`lumotlarga ega bo`lish, shuningdek Acerning nufuzli modelllari bilan tanishib chiqish mumkin. IFA- 2019 tashrif buyuruvchilari bir qator yangi modellarga baho berdilar.

Juda nozik Swift: kilogrammdan kam vazndagi noutbuk

Acer Swift foydalanuvchilari uchun noutbukning portativliligi va yuqori unumdorligi o`rtasida tanlab o`tirishga hojat qolmaydi. 14,95 mm korpus qalinligida Acer Swift 5 vazni rekord darajadagi 990 gramm, 15,95 mm korpus qalinligida esa Acer Swift 3 vazni — 1,19 kilogrammni tashkil etadi.Acer Aspire C 6,8-millimetrli monobloklari veb-kamera uchun ma`lumotlar va shtorkani saqlash uchun disk bo`shlig`ining katta hajmiga ega bo`ldi. Korpusda USB 3.11 porti va printer, o`yin moslamalari yoki USB-tashuvchilar uchun to`rtta port hamda qo`shimcha monitor uchun HDMI porti mavjud.

Planet 9 kibersport platformasi

Acer kompaniyasi tomonidan Planet9 platformasi havaskorlar va professional o`yinchilar uchun yaratilgan. Tizim geymerlar tanishadigan, do`stlarni qo`shadigan, bir-birlariga folloverlar bo`ladigan, jamoalarni to`playdigan, bir-birlari bilan muloqot qiladigan va onlayn-musobaqalarda ishtirok etadigan uyushma tamoyili bo`yicha faoliyat ko`rsatadi. Shuningdek Planet9 foydalanuvchilariga trenerni yollash, tajribali o`yinchilar bilan kurashish va statistikani tahlil qilish yo`li bilan mahoratni oshirish imkoni mavjud. Hozirgi vaqtda u yopiq beta-versiya testdan o`tkazilmoqda. Planet9 ning ochilishi 2020 yilning 30 yanvariga rejalashtirilgan.

Predator: haqiqiy geymerlar uchun misli ko`rilmagan yangi mahsulotlar

Nozik Predator Triton 300 144 Gs monitorning yangilanish chastotasi va 3 ms javob berish vaqtini namoyish etadi. Klaviatura zonalashtirilgan RGB yoritish va Turbo hamda Predator Sense maxsus klavishalariga ega. Noutbuk vazni bor-yo`g`i 2,3 killogrammni tashkil etadi.

Predator Triton 500 - 17,9 mm qalinlikdagi hamda 2,1 kg vazndagi nihoyatda kuchli o`yin noutbuki. Acer innovasion texnologiyalari 300 Gs yangilanishlarining haddan tashqari chastotalariga erishish imkonini beradi.

Acer professional o`yinchilar uchun Predator Thronos Air Gaming kreslosini yaratdi. Po`lat konstruksiya kreslo, klaviatura va sichqonchali modul, oyoqlar uchun taglik, monitor uchun kronshteyndan iborat. Kabina o`yinchilarni qiyalik burchagi (kabina ichidan 130 gradus va tashqarisidan 180 gradus) va massaj funksiyasini rostlash imkoniyati bilan quvontiradi. Predator Thronos Air Gamingda 3 ta monitorlarni o`rnatish imkoni mavjud.

Nitro XV3 seriyasi: o`yinlar jonlanadi

Nitro XV3 — o`ta yuqori tasvir sifati va yangilanish chastotasi bilan to`rtta monitor. Foydalanuvchiga 8 ta vizual: ekshn, poygalar, sport, foydalanuvchilik, standart, ECO, grafika va video rejimlaridan foydalanish imkoni mavjud. Dushmanni payqab qolganda vizual afzallikka erishish uchun o`yinchilarga tanlab olish uchun qora rangning 11 ta darajalari taqdim etiladi. Bo`shliqni tejash maqsadida monitorni taglikdan ajratib olish va devorga mahkamlab qo`yish mumkin.

ConceptD – professionallar uchun qator

ConceptD qatori multivazifalilik tizimda resurslarning katta hajmiga ega ilovalar bilan ishlash uchun yangi noutbuklar bilan boyidi.

ConceptD 9 Pro chuqurlashtirilgan tarzda o`qitish, muhandislik modellashtirish va studiyaviy animasiya sohasida murakkab vazifalarni hal qilish uchun mo`ljallangan. Acer samarali jamoaviy ish uchun noutbukni gorizontal o`q atrofida aylanadigan qulay ekran bilan ta`minlanadi.

ConceptD 7 Pro quvvat va portativlilik o`rtasidagi muvozanatni izlaydigan ma`lumotlarga ishlov berish bo`yicha mutaxassislar, dasturiy ta`minot ishlab chiquvchilari, muhandislar va dizaynerlarga to`g`ri keladi. Korpus qalinligi 17,9 mm, vazni esa — 2,1 kilogrammga teng.

Acer C250i proektori: har qanday yuzalarda sifatli proeksiya

Portativ LED-proektori smartfon ichidagi narsalarni turli xil burchaklar ostida devorlar, shiplar va har qanday yuzalarga tagliklar, shtativ va simlarsiz proeksiya qilish imkonini beradi. Acer C250i portret rejimiga avtomatik tarzda o`tish va yonlari bo`yicha qora chiziqlarsiz strim yoki i videochatdan tasvirni translyasiya qilish funksiyasi bo`lgan dunyodagi birinchi proektorga aylandi.

Shuningdek IFA 2019 da Acer kunu tun ishlash imkoniyati bilan — ko`rgazma maydonchalari, tadbirlar va konferens-zallar – biznes uchun PL1 lazer proektorlarini tarqatdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1