1

Yoshlarda vatanparvarlik, mardlik va jasorat, sadoqat va halollik kabi fazilatlarni mustahkamlash – dolzarb vazifa

Jamiyat 09.09.2019, 12:34
Yoshlarda vatanparvarlik, mardlik va jasorat, sadoqat va halollik kabi fazilatlarni mustahkamlash – dolzarb vazifa

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoevning O`zbekiston Respublikasi mustaqilligining yigirma sakkiz yilligiga bag`ishlangan tantanali marosimdagi nutqida Biz ma`naviyat va ma`rifat ishini vatanparvarlik ishi, vijdon ishi, deb bilamiz. Vijdoni, ma`naviyati bor inson Vatanni albatta yaxshi ko`radi. Vijdon, ma`naviyat degani – xalqqa, Vatanga chin yurakdan xizmat qilish deganidir”, deb ta`kidladilar.

Darhaqiqat, bugungi kunda mamlakatimizda “Milliy tiklanishdan – milliy yuksalish sari”, “Jaholatga qarshi – ma`rifat” degan ustuvor g`oyalarni ijtimoiy hayotda qaror toptirishda yoshlarni vatanparvar, mard va jasur, sadoqatli va halol etib tarbiyalash dolzarb ahamiyat kasb etadi.

Ushbu ustuvor vazifaning muhimligidan kelib chiqib IIV Malaka oshirish instituti professor-o`qituvchilari joylarda o`tkazilayotgan sayyor o`quv yig`inlari doirasida ta`lim muassasalarida ma`naviy-ma`rifiy uchrashuvlar va huquqiy targ`ibot tadbirlarini ham uyushtirishmoqda.

Xususan, Andijon shahridagi 30-sonli umumta`lim maktabi, bank kolleji hamda Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidagi
39-sonli umumta`lim maktabi o`quvchilari bilan o`tkazilgan uchrashuvda “Tinchlik va osoyishtalikni saqlashda yoshlar mas`uliyati” haqida so`z yuritildi.

Zero, bugungi kunda mamlakatdagi tinchlikning qadriga etish, vatan mustaqilligi uchun kurashgan vatanparvar ajdodlarimizning faoliyatini yoshlarga tushuntirish va o`rnak qilib ko`rsatish, ularda “Mening mahallamda jinoyat sodir bo`lmasligi kerak” tuyg`usini mustahkamlash hamda huquqbuzarliklarga nisbatan murosasizlik hissini uyg`otish davr talabi bo`lib hisoblanadi.

Ayniqsa, o`tkazilgan mazkur tadbirlar doirasida tashkil etilgan “Yoshlar o`rtasida huquqbuzarliklar profilaktikasi” mavzusidagi viktorina maktab o`quvchilari katta qiziqish uyg`otdi.

– Bugun maktabimizda IIV Malaka oshirish instituti professor-o`qituvchilari tomonidan o`tkazilgan madaniy-ma`rifiy tadbir, ayniqsa o`quvchilar o`rtasida tashkil etilgan viktorina menda katta taassurot qoldirdi, – deydi Sayxunobod tumanidagi 39-sonli umumta`lim maktabining 11-sinf o`quvchisi Sevara Jolbekova.
– Ushbu viktorina biz o`quvchilarning huquqiy bilimlarini va madaniyatimizni oshirishga xizmat qildi.

– Kollejimizda o`tkazilgan mazkur ma`naviy-ma`rifiy tadbirda vatanparvarlik, adolat, mardlik va jasorat, sadoqat kabi ezgu fazilatlarning mazmun-mohiyati va ahamiyati menda katta taassurot qoldirdi, – deydi Andijon bank kollejining 3-bosqich o`quvchisi Mubina Mamadalieva. – Poytaxtimizdan kelgan soha mutaxassislari huquqbuzarliklarni oldini olishda yoshlar mas`uliyati, ayniqsa yoshlar o`rtasida uchrayotgan nojo`ya hatti-harakatlarga yo`l qo`ymaslikka qaratilgan viktorina esa bizning bilimlarini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Andijon shahrining 30-sonli umumta`lim maktabida ham o`tkazilgan viktorina o`yinlarida quvchilar mavzuga bevosita bog`liq savol-javoblar bo`yicha o`zaro bahslashib, bilim va ko`nikmalarini sinovdan o`tkazdilar. Muhokama va o`zaro savol-javoblarda hay`at a`zolari o`quvchilarning faol ishtiroki hamda bilimlari yuzasidan ijobiy fikr bildirib, yuqori o`rinlarni egallagan jamoa a`zolariga esdalik sovg`alari topshirildi.

Institut professor-o`qituvchilari tomonidan joylarda sayyor o`quv yig`inlari, seminar-treninglar, ta`lim muassasalarida targ`ibot tadbirlari hamda kam ta`minlangan oilalar, nogironligi bor fuqarolar va yakka yolg`iz keksa avlod vakillarining holidan xabar olish kabi ezgu ishlar joylarda davom etmoqda.

O`zbekiston Respublikasi IIV Malaka oshirish instituti matbuot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1