1

Teleserial muxlislari uchun yana bir xushxabar

Madaniyat 09.09.2019, 09:17
Teleserial muxlislari uchun yana bir xushxabar

Bolgariyaning Sofiya shahrida o`tkazilgan "Slyavyan ertagi" (Slavyanskaya skazka) nomli Evroosiyo xalqarokinotelefestivalida «O`zMTRK»ning"O`zbektelefilm" studiyasida suratga olingan bir nechta seriallar ishtirok etdi.

Mazkur festivalning eng asosiy sovrini GRAN PRI o`zbek ijodkorlarining «Saodat» serialiga munosib ko`rildi.Bundan tashqari, mazkur serial yana bir necha yo`nalishlar bo`yicha g`oliblikni qo`lga kiritdi. «Eng yaxshi rejissyorlik ishi uchun » nominasiyasi Muzaffarxon Erkinovga topshirildi.«Eng yaxshi ssenariy muallifi» yo`nalishida Muqaddas Usmonova ,"Eng yaxshi operatorlik ishi» nominasiyasida Ravshan Mirzakamolovlar g`olib bo`lishdi. Shuningdek, «O`gay ona» teleseriali rejissyori Xurshid Hasanov festivalning maxsus sovriniga ega bo`ldi. G`oliblarni chin ko`ngildan tabriklaymiz! Ushbu kinofestivalda 180 dan oshik film va seriallar ishtirok etdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1