1

Ta`lim sohasida davlat boshqaruvi organlarining vakolati kengayishi kutilyapti

Siyosat 07.09.2019, 14:46
Ta`lim sohasida davlat boshqaruvi organlarining vakolati kengayishi kutilyapti

2019 yil 6 sentyabr kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining navbatdagi majlisi bo`lib o`tdi. Unda mamlakat hayotining turli sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni huquqiy jihatdan ta`minlashga qaratilgan bir qator qonun loyihalari ko`rib chiqildi.

Kun tartibidagi masala - “Ta`lim to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi qonuni yangi tahrirdagi loyihasining birinchi o`qishdagi muhokamasi qizg`in kechdi.

Loyiha tashabbuskorlari qonun loyihasiga bir qator yangi normalar, tushunchalar va moddalar kiritishgan. Xususan, katta yoshdagilar ta`limi, maxsus ta`lim, inklyuziv ta`lim, yakka tartibda pedagogik faoliyat bilan shug`ullanish, davlat-xususiy sheriklik, ta`lim sohasiga investisiyalarni kiritish, sohada davlat nazorati, ta`lim muassasalarining o`zini o`zi baholashi, ta`lim ishtirokchilarining huquqlari, majburiyatlari va javobgarliklari, ta`limda eksperimental, innovasion faoliyat bilan bog`liq yo`nalishlar degan mutlaqo yangi norma va tushunchalar shular jumlasidandir.

Yangi tahrirdagi qonun loyihasida sinovdan o`tgan mukammal normalar saqlab qolingan holda, ta`lim sohasidagi davlat boshqaruv organlarining vakolatlari va ta`lim muassasalarining faoliyati erkinligini kengaytirishni nazarda tutuvchi yangi normalar va boshqa tushunchalar o`z aksini topmoqda.

Deputatlarning qayd etishicha, qonun loyihasining qabul qilinishi ta`lim tizimidagi mavjud muammolarni bartaraf etishga, soha ishini tubdan takomillashtirish va ta`limni xalqaro hamjamiyat bilan uyg`unlashgan holda olib borish uchun keng imkoniyatlar yaratadi. Ayniqsa, fuqarolarning xorijda ta`lim olishi, chet elda ta`lim olganlik to`g`risidagi hujjatlarning tan olinishi, shuningdek, ilk bor mamlakatda butun umr ta`lim konsepsiyasining kiritilishi kabi masalalarning qonun loyihasi normalarida ilgari surilishi ta`lim sohasida amalga oshirilayotgan islohotlarni yangi bosqichga ko`taradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1