1

Transport vositalari uchun utilizasiya yig`imi joriy etiladi

Siyosat 07.09.2019, 14:21
Transport vositalari uchun utilizasiya yig`imi joriy etiladi

Oliy Majlis deputatlari qonunchilikka transport vositalari uchun utilizasiya yig`imini joriy etishni ko`zda tutuvchi qo`shimchalarni kiritishni birinchi o`qishda qabul qildi.

Bugun deputatlar tomonidan «Tabiatni muhofaza qilish to`g`risida"gi qonuniga tegishli o`zgartish va qo`shimchalar kiritish hamda O`zbekiston Respublikasining «Chiqindilar to`g`risida"gi Qonuniga yangi moddalar kiritish masalasi muhokama qilindi. Bu haqda «Yuksalish» umummilliy harakati matbuot xizmati xabar qildi.

Xususan, ekologik xavfsizlikni ta`minlash, fuqarolar salomatligi va atrof-muhitni transport vositalarning iste`mol xususiyatlarini yo`qotish oqibatida vujudga kelgan chiqindilarning zararli ta`siridan himoya qilish maqsadida:

g`ildirakli transport vositalari, o`ziyurar mashinalar, ular uchun tirkamalarga nisbatan utilizasiya yig`imi joriy etilishi;

transport vositalariga nisbatan to`lanadigan utilizasiya yig`imining miqdori O`zbekiston Respublikasi Prezidenti qarori bilan belgilanishi;

utilizasiya yig`imining to`lanishi ko`zda tutilgan transport vositalarining turlari va toifalari, shuningdek utilizasiya yig`imining undirish nazarda tutilgan.

Hujjat loyihasi deputatlar tomonidan 1-o`qishda qabul qilindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1