1

Vena yashash uchun eng yaxshi shahar deb topildi

Dunyo 07.09.2019, 14:16
Vena yashash uchun eng yaxshi shahar deb topildi

Vena yana bir marta yashash uchun eng yaxshi shahar deb topildi. Eng yomon shahar esa — Damashq...

Vena ketma-ket ikkinchi marta The Economist jurnalining tahliliy bo`linmasi bo`lgan Economist Intelligence Unit tomonidan tuzilgan yashash uchun eng qulay shaharlar reytingiga boshchilik qildi.

Ikkinchi va uchinchi o`rinlarni Melburn va Sidney egalladi. Eng yaxshi shaharlar o`nligidan Osaka (4- o`rin), Kalgari, Vankuver, Toronto, Tokio, Kopengagen va Adelaida joy oldi.

Karachi (Pokiston), Tripoli (Liviya), Dakka (Bangladesh), Lagos (Nigeriya) va Damask (Suriya) dunyoning yashashga eng nomunosib shaharlari deb topildi.

Reyting jami 140 shaharni qamrab oldi. Reytingni tuzishda barqarorlik, sog`liqni saqlash darajasi, mamlakatning madaniy rivojlanganligi, ta`lim, atrof-muhitning tozaligi va infratuzilmalarning rivojlanganligi kabi omillar hisobga olindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1