1

Yaponiyada yo`lovchi poezdi ishtirokida jiddiy YTH sodir bo`ldi

Dunyo 07.09.2019, 10:02
Yaponiyada yo`lovchi poezdi ishtirokida jiddiy YTH sodir bo`ldi

Oqibatda bir kishi halok bo`ldi va yana o`nlab yo`lovchilar jarohatlanishdi. Bu haqda Ntdtv.ru nashri xabar berdi.

Voqea Yaponiyaning ikkinchi eng yirik shahri Iokogamda sodir bo`ldi. 500 nafar yo`lovchini olib ketayotgan poezd yuk avtomobili bilan to`qnashib ketdi. Noma`lum sabablarga ko`ra yuk avtomobili temir yo`l kesishmasida turib qolgan. Guvohlarning so`zlariga ko`ra, poezd mashinisti to`xtashga harakat qilgan biroq ulgurmagan. To`qnashuv oqibatida yuk avtomobili yonib ketgan, poezd vagonlarining yarmi esa relsdan chiqib ketgan. Ayniqsa birinchi vagonga jiddiy zarar etgan. Baxtsiz hodisa oqibatida 34 kishi jarohatlangan, 60 yoshli yuk avtomobili haydovchisi esa halok bo`lgan. Ayni damda voqea joyida qutqaruv xizmati ish olib bormoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1