1

Avtomashina ehtiyot qismlarini bojxona chegarasidan noqonuniy olib o`tishga urinish bartaraf etildi

Jinoyat 06.09.2019, 13:10
Avtomashina ehtiyot qismlarini  bojxona chegarasidan noqonuniy olib o`tishga urinish bartaraf etildi

Hujjatlarda ko`rsatilmagan katta miqdordagi tovarlarning noqonuniy tarzda yurtimizga olib kirilishiga bo`lgan urinish bojxonachilar tomonidan fosh qilindi.

Jumladan, Buxoro viloyati bojxona boshqarmasi “Olot” chegara bojxona postiga qo`shni mamlakatdan kirib kelgan yuk avtomashinasidagi yuklarning hujjatlardagi mutanosibligi belgilangan tartibda tekshirildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, mazkur yuk avtomashinasida hujjatlarda ko`rsatilganidan ortiqcha bo`lgan va bojxona xodimlariga ma`lum qilinmagan umumiy qiymati 40,4 million so`mlik avval foydalanilgan avtomashina ehtiyot qismlari borligi ma`lum bo`ldi.

Ayni paytda mazkur holat yuzasidan tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1