1

Kannabisni “gultuvak”da etishtirayotgan fuqaro aniqlandi

Jinoyat 06.09.2019, 13:09
Kannabisni “gultuvak”da etishtirayotgan fuqaro aniqlandi

Giyohvandlik vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi bojxona xodimlari tomonidan samarali kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Andijon viloyati bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo`limi xodimlari tomonidan giyohvandlik vositalarini noqonuniy saqlash va ularni qonunga xilof tarzda tarqatishga qarshi tezkor tadbir o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Tezkor tadbir davomida, fuqaro N.O`.ning yashash xonadoni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko`zdan kechirildi.

Natijada, ushbu shaxsning xonadonida “gultuvak”ka ekib parvarish qilinayotgan bir tup “kannabis” va 1,2 gramm marixuana giyohvandlik moddasi borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1