1

Uchuvchisiz uchish qurilmasining “parvozi” poezdda yakunlandi

Jinoyat 04.09.2019, 18:45
Uchuvchisiz uchish qurilmasining “parvozi” poezdda yakunlandi

Bojxona qonun buzilishi holatlariga qarshi bojxona xodimlari tomonidan samarali kurash olib borilmoqda.

Jumladan, Surxondaryo viloyati bojxona boshkarmasi Boldir temir yo`l chegara bojxona posti xodimlari tomonidan qo`shni mamlakat hududidan yo`lovchi poezdida yo`lovchi sifatida kirib kelgan fuqaro K.G. bojxona nazoratidan o`tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Natijada, mazkur fuqaroning qo`l yuklari orasidan og`zaki so`rovda ma`lum qilinmagan va hech qanday tegishli hujjatlari bo`lmagan 1 dona “Discovery” nomli uchuvchisiz uchish apparati borligi ma`lum bo`ldi.

Hozirda mazkur holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom ettirilmoqda.

Ta`kidlash joizki, joriy yilning 2 may kuni qabul qilingan O`RQ-534-sonli Qonunning 1-moddasiga asosan, O`zbekiston Respublikasining Jinoyat kodeksi 2444-moddasi bilan to`ldirilgan bo`lib, uchuvchisiz uchadigan apparatlarni qonunga xilof ravishda olib kirish, o`tkazish, olish, saqlash yoki ulardan foydalanish bo`yicha jinoiy javobgarlik belgilanib, 2019 yil 4 noyabrdan amalga kiritiladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1