1

Yoshlar akademiyasi tashkil etiladi

Siyosat 31.08.2019, 16:56
 Yoshlar akademiyasi tashkil etiladi

Prezident Shavkat Mirziyoev 2019 yil 30 avgust kuni «Yoshlarni ilm-fan sohasiga jalb etish va ularning tashabbuslarini qo`llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari to`g`risida»gi qarorni imzoladi.

Unga ko`ra, O`zbekiston Respublikasi Innovasion rivojlanish vazirligi huzurida Yoshlar akademiyasi yuridik shaxs maqomisiz tashkil etiladi.

Yoshlar akademiyasiga O`zbekiston Respublikasi innovasion rivojlanish vazirining birinchi o`rinbosari rahbarlik qiladi.

Yoshlar akademiyasiga o`zlarining innovasion loyihalari va g`oyalariga ega iqtidorli yoshlar va talabalar, 40 yoshgacha bo`lgan olimlar va tadbirkorlardan tashkil topgan jamoalar tanlov asosida qabul qilinadi.

Yoshlar akademiyasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilandi:

  • davlat va xo`jalik boshqaruvi organlari, ilmiy-tadqiqot va ta`lim muassasalari bilan hamkorlikda yoshlarning ijodiy, intellektual va tadbirkorlik salohiyatini oshirish;
  • iqtidorli va tashabbuskor yoshlar bo`yicha yagona ma`lumotlar bazasini shakllantirish va muntazam yangilab borish hamda ularning mamlakatning etakchi olimlari va ishbilarmonlari bilan hamkorligini ta`minlash;
  • ilmiy-tadqiqotlarni bajarish ishtiyoqiga ega iqtidorli yoshlarni qo`llab-quvvatlash, amaliy va innovasion tadqiqotlarni olib borishlariga imkon yaratish, yangi avlod yosh olimlarini tayyorlash bo`yicha tizimli ishlarni amalga oshirish;
  • yosh olimlar tomonidan aniq vazifalarni hal etishga, ichki va tashqi bozorlarda talab yuqori bo`lgan ilg`or texnologik ishlanmalarni ishlab chiqishga qulay sharoitlar yaratish;
  • ilmiy-innovasion akselerator va biznes-inkubatorlarni tashkil etish asosida tashabbuskor yoshlarni tadbirkorlik faoliyatiga yo`naltirish;
  • yoshlarning startap loyihalarini xo`jalik boshqaruvi organlari va davlat ulushi mavjud korxonalarni izchil rivojlantirish bo`yicha zamon talablariga javob beradigan, tijoratlashtirish darajasi yuqori bo`lgan mahsulotlar va xizmatlarni ishlab chiqarishga yo`naltirish;
  • iqtidorli yoshlarning rivojlangan xorijiy mamlakatlarning nufuzli ilmiy markazlari, universitetlari, texnoparklari va ishlab chiqarish korxonalarida malaka oshirishlariga ko`maklashish;
  • xalqaro va mahalliy darajada e`tirof etilgan tashkilotlar, universitetlar, ilmiy markazlar bilan yaqindan aloqalar o`rnatish, ularning olimlari va mutaxassislari ishtirokida mahorat darslari, treninglar, shuningdek, dolzarb ilmiy-innovasion yo`nalishlar bo`yicha konferensiyalar, seminarlar va tanlovlar o`tkazish.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1