1

“Oltinni ko`p ushlab turishimiz kerak emas, uni pul keltiradigan narsalarga tikish lozim” — Moliya vaziri o`rinbosari

Iqtisodiyot 31.08.2019, 16:38
“Oltinni ko`p ushlab turishimiz kerak emas, uni pul keltiradigan narsalarga tikish lozim” — Moliya vaziri o`rinbosari

Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligida O`zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Markaziy bank mutasaddilari ishtirokida “Davlat qarzini samarali boshqarish” mavzusida matbuot anjumani bo`lib o`tdi.

Unda O`zbekistonning tashqi qarzi yalpi ichki mahsulotning 23,5 foiziga teng bo`lgani ma`lum qilindi. Moliya vazirligi boshqarma boshlig`i Jasur Qarshiboev yil boshida 9,9 milliard bo`lgan davlat tashqi qarzi 6 oyda qariyb 13,1 milliard dollarga o`sganini ta`kidladi. Aytilishicha, qarzlarning ayrimlari uzoq va o`rta muddatlarga olingan, qolaversa, imtiyozli davrda foiz stavkasi to`lanib, qarz summasi to`lanmaydi.

Muloqot davomida jurnalistlar xalqaro rezervlardagi kapital va uni boshqarish samaradorligi haqida savol berdi.

“Markaziy bank respublika nomidan xalqaro rezervlarni boshqaradi, — dedi Moliya vaziri o`rinbosari Odilbek Isoqov. — O`zbekistonning xalqaro rezervlardagi puli hozirda 27 mlrd dollarni tashkil etadi. Bu qiymatning yarmi oltin, yarmi valyuta ko`rinishida. Faqat banklarga depozit qo`yavermasdan bosqichma-bosqich moliyaviy bozorlarga chiqishni ham yo`lga qo`yish kerak. Chunki shu orqali depozitlardan ko`ra ko`proq foyda olib kelish imkoniyatlari mavjud. Oltinni ham aslida ko`p ushlab turishimiz kerak emas. Oltin o`zi ko`p, u bizga hech qanaqa pul keltirmaydi. Oltinni pul keltiradigan, foiz hisobida foyda keltiradigan narsalarga tikish kerak”.

Qayd etilishicha, 30 iyun holatiga ko`ra, davlat ichki qarzi 5,4 milliard dollar ekvivalentini tashkil etgan. Shundan 97 foiz qarz hukumat tomonidan kafolatlangan. Qolgan 3 foiz qarz esa hukumat tomonidan jalb etilgan.

“Tiklanish va taraqqiyot jamg`armasi mablag`lari tijorat banklari orqali katta davlat tashkilotlariga yo`naltirilgan, — dedi Odilbek Isoqov. — Shu vaziyatda davlat qarz “risk”lariga kafolat bergan. Garchi hukumat puli davlat tashkilotiga ketsa-da, biz buni qarz, deb tan oldik. Har qanday “risk”da mablag`larni davlat to`lab berishi kerak“.

Mutasaddilar o`tgan yildan buyon davlat ichki kapital bozorda obligasiyalarni sotuvga chiqarganini aytib o`tdi. Joriy yilda obligasiyalar orqali 1-3 yil muddatga 850 milliard so`mlik qarz olingan.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1