1

“O`zbekiston” noshirlari – “MEDIA.UZ–futbol haftaligi” chempioni! (Foto)

Jamiyat 30.08.2019, 01:22
Teglar: Foto
“O`zbekiston” noshirlari – “MEDIA.UZ–futbol haftaligi” chempioni! (Foto)

O`zbekiston Respublikasi Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi hamda O`zbekiston Futbol assosiasiyasi hamkorligida tashkil etilgan “MEDIA.UZfutbol haftaligi musobaqasi o`z nihoyasiga etdi.

29 avgust kuni Yakkasaroy tumani jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga qarashli sobiq “Tekstilchilar” stadionida o`tkazilgan turnirning final matchida O`zbekiston Respublikasi Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tizimidagi “O`zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi jamoasi 2:1 hisobi bilan “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi jamoasini mag`lubiyatga uchratib, chempionlikni qo`lga kiritdi.

OAV, nashriyot-matba korxonalari xodimlari, jurnalist va blogerlar jamoalari o`rtasida kechgan matchlarda “O`zbekiston” NMIU jamoasi birinchi tur o`yinlaridan boshlaboq, tinimsiz oldinga intilishi, to`pga jonholatda tashlanishi, eng asosiysi, jismoniy va ruhan tetikligi bilan alohida ajralib turdi.

Shiddatli va o`ta qizg`in, murosasiz kechgan matchlarda “O`zbekiston” noshirlari va matbaachilaridan iborat jamoa o`zlarining professionallarga xos o`yinlari bilan muxlislar ishonchini qozona oldi.

Shunday qilib, 23-29 avgust kunlari bo`lib o`tgan “MEDIA.UZ–futbol haftaligi”ning yakunlariga ko`ra, ikkinchi o`rin “Sharq” nashriyot-matbaa aksiyadorlik kompaniyasi jamoasiga, uchinchi o`rin esa O`zbekiston Futbol assosiasiyasi jamoasiga nasib etdi.

Bundan tashqari, turnirning eng shiddatkor o`yinchisi va qahramoni sifatida “O`zbekiston” NMIU jamoasi a`zosi Muhammadali O`ktamovga “Eng yaxshi to`purar” sovrini topshirildi.

“O`zbekiston” NMIU jamoasiga esa chempionlikning bosh sovrini – 36 million so`mlik pul mukofoti taqdim etildi.

S. Saidmurodov

Sharhlar

Xitoyda ertalabdan o`zini baxtsiz his qilganlar ishga kelishi shart emas

25.04.2024, 07:33

Xitoyning Xenan provinsiyasidagi chakana savdo tarmog`i asoschisi Yu Donglay xodimlarga ish va hayot muvozanatini yaxshilashga yordam berish uchun “baxtsiz ta`til” kunlarini joriy qildi, deb yozadi...
U nega qamalganini ochiqladi

01.04.2024, 16:31

Ijtimoiy tarmoqlarda Solixon domla nomi bilan tanilgan Solixon Ortiqxo`jaev 15 sutkaga qamaldi. Bu haqda Toshkent shahar sudlari Darakchi.uz ga xabar berdi.2024 yil 30 mart Toshkent...
Pedagoglarni 3 yil kuttirgan qonun nihoyat imzolandi

21.02.2024, 17:28

Xabaringiz bor, 2024 yil 1 fevral kuni “Pedagogning maqomi to`g`risida”gi Qonun imzolandi. Undagi pedagoglar uchun eng asosiy o`zgarishlardan biri – endi maktabga yangi ishga kirgan...
⚡️iPhone 16 ko`rinishi e`lon qilindi

13.02.2024, 09:36

Tvitterda Majin Bu taxallusi ostida yashiringan taniqli Apple insayderi yangi avlod iPhonelari haqida yangi ma`lumotlar bilan bo`lishdi. Insayder xabaridan ma`lum bo`lishicha, kompaniya bir vaqtning o`zida...
Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1