1

Prezident ​davlat chegaralarini qo`riqlash va himoya qilish masalalari bo`yicha ichki yig`ilish o`tkazdi

Siyosat 28.08.2019, 10:32
Prezident ​davlat chegaralarini qo`riqlash va himoya qilish masalalari bo`yicha ichki yig`ilish o`tkazdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida kecha, 27 avgust kuni O`zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini qo`riqlash va himoya qilish tizimini takomillashtirish masalalariga bag`ishlangan ishchi yig`ilish bo`lib o`tdi.

Prezident matbuot xizmati xabariga ko`ra, tadbirda O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi, Prezident huzuridagi Xavfsizlik kengashi apparati, Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) rahbariyati, shuningdek, DXX Chegara qo`shinlari qo`mondonligi ishtirok etdi.

O`zbekiston Respublikasi Chegara qo`shinlari faoliyatining amaliy natijalari ko`rib chiqildi, davlat chegaralarini qo`riqlash va himoya qilish tizimini xalqaro va mintaqaviy xavfsizlikka tahdid solayotgan zamonaviy xatarlarni hisobga olgan holda yanada takomillashtirishning ustuvor vazifalari belgilandi.

Chegaralarimiz xavfsizligi va daxlsizligini ishonchli va kafolatli ta`minlash xalqimizning tinch-osoyishta hayoti, mamlakatimiz taraqqiyotining garovi ekani ta`kidlandi.

Mintaqa mamlakatlarining chegara idoralari yo`nalishidagi xalqaro hamkorlik izchil mustahkamlanib borayotgani, turli xalqaro tashkilotlar bilan birgalikda qo`shma tadbirlar muvaffaqiyatli o`tkazilayotgani qayd etildi. Qo`shni davlatlar bilan o`tkazish punktlari ochilgani, yangi havo, temir yo`l va avtobus qatnovlari yo`lga qo`yilgani fuqarolarning o`zaro bordi-keldisining ortishiga xizmat qilmoqda.

Chegaraoldi hamkorlikni faollashtirish yuzasidan xorijiy sheriklarimiz bilan erishilgan kelishuvlarning o`z vaqtida va sifatli amalga oshirilishi ustidan qat`iy nazoratni ta`minlash zarurligi ta`kidlandi.

Yig`ilishda bajarilgan ishlar tanqidiy baholanib, O`zbekiston Respublikasi Davlat chegaralarini qo`riqlash va himoya qilish tizimining samaradorligini yanada oshirish yuzasidan mutasaddi tuzilmalar rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1