1

Samarqandda mashhur bastakor va sozanda Hoji Abdulaziz Abdurasulovning uy-muzeyi ochildi

Madaniyat 27.08.2019, 09:51
Samarqandda mashhur bastakor va sozanda Hoji Abdulaziz Abdurasulovning uy-muzeyi ochildi

“Sharq taronalari” o`n ikkinchi musiqa festivali oldidan Samarqandning Ko`kmasjid mahallasida O`zbekiston xalq hofizi, taniqli bastakor va sozanda Hoji Abdulaziz Abdurasulovning uy-muzeyi ochildi.

Hoji Abdulaziz Abdurasulov 1852-1936-yillarda Samarqand shahrida yashab, ijod qilgan taniqli san`atkor, o`zbek maqom san`ati rivojiga beqiyos hissa qo`shgan betakror ovoz sohibidir. U yaratgan “Guluzorim”, “Gullar bog`i”, “Beboqcha”, “Bozurgoniy”, “Samarqand ushshog`i” kabi yuzlab qo`shiqlar mumtoz musiqa merosimizning eng noyob asarlari qatoridan joy olgan.

Shashmaqomni o`rganish va keng targ`ib etishda Hoji Abdulaziz Abdurasulovning xizmatlari katta bo`lgan. Samarqand maqom maktabi izdoshlarini etkazishga katta hissa qo`shgan, soz chalish va ashula aytish bo`yicha ko`plab yoshlarga ustozlik qilgan. Jumladan, O`zbekiston xalq artisti Yunus Rajabiy ham uning Samarqanddagi xonadonida yashab, hofizdan saboq olgan.

Muzeyning ochilishiga bag`ishlangan tadbirda so`z olgan mehmonlar ushbu maskan Samarqand musiqa va qo`shiqchilik san`ati tarixini, an`analarini o`rganish va targ`ib etishga xizmat qiladigan ma`rifat maskani bo`lishini ta`kidlashdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1