1

YuNESKO Bosh direktori Odri Azule Samarqand shahridagi obidalarni borib ko`rdi

Madaniyat 26.08.2019, 19:50
YuNESKO Bosh direktori Odri Azule Samarqand shahridagi obidalarni borib ko`rdi

Yurtimizda mehmon bo`lib turgan BMTning Ta`lim, fan va madaniyat masalalari bo`yicha tashkiloti (YuNESKO) Bosh direktori Odri Azule xonim O`zbekiston Respublikasi Bosh vaziri o`rinbosari Aziz Abduhakimov hamrohligida Samarqand shahridagi tarixiy-madaniy obidalarga tashrif buyurdi.

Odri Azule xonim Amir Temur maqbarasi, Shohi Zinda yodgorlik majmuasi, Xo`ja Doniyor ziyoratgohi va Bibixonim masjidi bilan tanishuv chog`ida ushbu tarixiy obidalarning arxitekturasi, ularning bezaklariga alohida e`tibor qaratdi. Bu inshootlardagi har bir detal ma`lum bir ma`no-mazmunga egaligini qayd etib, ularni asrab-avaylash zarurligini ta`kidladi.

“Afrosiyob” muzeyidagi devoriy suratlar va ularda aks etgan manzara ham Odri Azule xonimda hayrat uyg`otdi. Bu devoriy surat insoniyat o`tmishining qanchalik serqirra va boyligidan dalolat berishi ta`kidlandi. Ayniqsa, devoriy suratlarda shoh saroyidagi qabul marosimida sozanda va xonandalarning aks ettirilgani bu zaminda azaldan musiqa va san`at rivoj topganligini ko`rsatadi.

Yuqori martabali mehmon Registon maydoniga kelib, esdalik uchun suratga tushdi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1