1

​Rossiya va O`zbekiston WorldSkills tizimi asosida kasbiy ta`limni hamkorlikda rivojlantiradi

Iqtisodiyot 26.08.2019, 19:12
​Rossiya va O`zbekiston WorldSkills tizimi asosida kasbiy ta`limni hamkorlikda rivojlantiradi

“Yosh professionallar (Vorldskills Rossiya)” Ittifoqi hamda O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi o`rtasida o`zaro hamkorlik to`g`risida memorandum tuzildi. Hamkorlik doirasida ikkala davlatda ham kasbiy ta`lim sifatini oshirishga qaratilgan keng ko`lamli dastur rejalashtirilmoqda.

Rossiyaning O`zbekiston bilan o`zaro hamkorligini mustahkamlovchi hujjatni “Yosh professionallar (Vorldskills Rossiya)” Ittifoqi bosh direktori Robert Urazov hamda O`zbekiston Respublikasi Bandlik va mehnat munosabatlari vazirining birinchi o`rinbosari Erkin Muhitdinov imzoladi.

Hamkorlik dasturi o`zaro tajriba almashish, umum tadbirlarni tashkillashtirish va xalqaro loyihalarda birgalikda ishtirok etish singari jihatlarni qamrab oladi. Mazkur dastur doirasida WorldSkills standartlari bo`yicha o`tkaziladigan chempionat va malakani mustaqil baholash natijalariga e`tibor qaratiladi.

O`zbekistonlik hamkasblarimiz bilan oldimizda kasb va ta`lim standartlarini, shuningdek, WorldSkills standartlariga muvofiq o`quv dasturlarini uyg`unlashtirishdek keng ko`lamli ishlar turibdi, – deya ta`kidladi Robert Urazov. Biz WorldSkills harakati rivojiga qaratilgan tadbirlarlarni o`tkazishni, shu jumladan, sohada iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish, kasbiy ta`limni rivojlantirish va xalqaro loyihalarda birga ishtirok etishni rejalashtiryapmiz”.

Erkin Muxitdinov rossiyalik hamkasblar tajribasining ahamiyatini qayd etdi: “Ushbu tajribani kadrlar tayyorlash, milliy terma jamoani shug`ullantirish, ishlab chiqarish ta`limidagi trenerlarni, murabbiylarni, ekspert va ustalarni o`qitish uchun qo`llashni mo`ljallamoqdamiz. O`zbekistonni ayniqsa WorldSkills standartlari bo`yicha chempionatlar o`tkazish va tashkillashtirish, shuningdek, o`quv jarayonlarini tashkillashtirish va bilimni baholash markazlarini jihozlashdagi VSR tajribasi qiziqtiradi”.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1