1

​Shavkat Mirziyoev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

Siyosat 26.08.2019, 18:30
​Shavkat Mirziyoev Imom Buxoriy maqbarasini ziyorat qildi

Prezident Shavkat Mirziyoev Samarqandga ketgani haqida avval xabar qilgandik. Davlat rahbarining matbuot xizmati xabar berishicha, Prezident Imom Buxoriy majmuasini ziyorat qilib, uni rekonstruksiya qilishga oid takliflar bilan tanishdi.

- Bu joy Imom Buxoriy bobomizning ilmiga, islom olamidagi maqomiga munosib bo`lishi kerak. Masjidlar keng va mahobatli bo`lishi lozim. Devorlarga sahih hadislardan lavhlar yozib qo`yilsa, majmuaning mazmuni yanada boyiydi, yoshlarga bilim, ma`naviy ozuqa beradi. Mamlakatimizda ziyorat turizmining asosi aslida shu er. Bu maskanga qancha ziyoratchilar kelsayam, qulay sharoit bo`lishi zarur, - dedi Prezident.

Imom Buxoriy majmuasini rekonstruksiya qilish va kengaytirish ko`zda tutilgan. Simmetrik tarzda ikkita masjid va to`rtta minora qurish, yo`ldan kirib kelishda xiyobon, uning atrofida kichik mehmonxonalar va bitta yirik otel, boshqa infratuzilma ob`ektlarini bunyod etish rejalashtirilgan.

Shavkat Mirziyoev majmua rekonstruksiyasini shoshmasdan, chuqur o`ylab loyihalashtirish, xorij tajribasini o`rganib, ziyoratchilarga yanada ko`p qulaylik yaratish zarurligini ta`kidladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1