1

Turkiyalik talabalar o`zbekistonlik yoshlar bilan qishloq xo`jaligi sohasida tajriba almashdi

Jamiyat 26.08.2019, 17:31
Turkiyalik talabalar o`zbekistonlik yoshlar bilan  qishloq xo`jaligi sohasida tajriba almashdi

TIKA tomonidan amalga oshirilayotgan “Tajriba almashinuvi dasturi” doirasida Turkiya Respublikasining etakchi universitetlarida ta`lim olayotgan bir guruh yosh talabalar O`zbekistonga tashrif buyurdi. Ulartashrif davomida yurtimiz madaniyati, milliy an`analarimiz, o`zbekistonlik yoshlar va ularning faoliyatlari, jumladan, qishloq xo`jaligi bilan yaqindan tanishdi.

Dastlab, Samarqand viloyatining Samarqand tumanida turkiyalik yosh talabalar, O`zbekiston yosh fermerlari Kengashi va yosh fermerlar o`rtasida tajriba almashish bo`yicha uchrashuv bo`lib o`tdi. Unda ikkala davlatning qishloq xo`jaligi sohasida amalga oshirilayotgan so`nggi innovasion loyihalari to`g`risida ma`lumotlar berildi. Ikki davlat yoshlari birgalikda olma va uzum mevalari hosilini yig`ib olishda qatnashdi.

26 avgust kuni esa turkiyalik talabalar Buxoro viloyatiga tashrif buyurishdi. Buxoro tumanida joylashgan “Property agro logistika” markazida o`tkazilgan uchrashuvda turkiyalik talabalar, O`zbekiston yosh fermerlari Kengashi va Buxorolik yosh fermerlar ishtirok etib, unda ikkala davlatning qishloq xo`jaligi sohasida amalga oshirilayotgan so`nggi innovasion loyihalari bo`yicha tajribalar almashildi.“Property agro logistika” markazining rahbari E.Qo`shaev tomonidan urug`likka etishtirilayotgan bodring ko`chatlarini to`g`ri ekish bo`yicha mahorat darsi ham tashkil etildi.

—Markazimizning jami er maydoni 40 gektarni tashkil etib, hozirgi kunda 10 dan ortiq hosil turlari etishtirilib kelinmoqda. Etishtirilgan hosillarni o`zimiz qayta ishlab, 15 ta yangi turdagi muzlatgichlarga joylashtiramiz. 1 yil muddat saqlab, qishda sotuvga chiqaramiz, – deydi “Property agro logistika” markazining rahbari Ergash Qo`shaev.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1