Sizningcha, bolalar va yoshlarni mutolaaga qanday jalb qilish kerak?

Mutolaa 26.08.2019, 15:34
Sizningcha, bolalar va yoshlarni mutolaaga qanday jalb qilish kerak?

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti Administrasiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi, Alisher Navoiy nomidagi O`zbekiston Milliy kutubxonasi, O`zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan e`lon qilingan “Bolalar va yoshlarni mutolaaga jalb qilish bo`yicha eng yaxshi uslubiy ishlanma/loyiha” Respublika tanlovi sizning ana shu mavzu doirasidagi tashabbusingiz uchun ayni muddao...

▪Tanlovning maqsadi — jamiyatda kitob va kitobxonlikning nufuzini oshirish, kitobni ma`naviy meros sifatida asrab-avaylash va rivojlantirishga qaratilgan eng yaxshi uslubiy ishlanma/loyihalarni aniqlash va ommalashtirish.

▪Tanlovning vazifalari — tanlov ishtirokchilarini bolalar va yoshlarni mutolaaga jalb qilishning innovasion shakllari va usullarini ishlab chiqishga rag`batlantirish; axborot-kutubxona muassasalari foydalanuvchilarini hamda aholining keng qatlamlarini kitob va kitobxonlik faoliyatini rivojlantirishga jalb qilish; bolalar va yoshlarni mutolaaga jalb qilish sohasida eng yaxshi uslubiy va innovasion ish tajribasi bazasini shakllantirish; mutolaa faolligini rivojlantirish, mutolaa madaniyatini oshirish, fuqarolarning axborot madaniyatini shakllantirishga ko`maklashish; mutolaa va kitobga bo`lgan qiziqishni muntazam rivojlantirish maqsadida turli adabiy asarlarni, shu jumladan zamonaviymualliflar ijodini ommalashtirish; axborot-kutubxona muassasalari faoliyatida yangi kitoblar va mutolaani targ`ib qilishning eng samarali uslubiy ishlanmalarini joriy etish.

▪Tanlovda kimlar ishtirok etishi mumkin — turli vazirlik va idoralarning axborot-kutubxona muassasalari mutaxassislari, doktorantlar, magistrantlar va oliy o`quv yurtlari talabalari, kitoblarni ommalashtirish va fuqarolarning mutolaaga bo`lgan qiziqishini oshirish bilan shug`ullanadigan mutaxassislar.

▪Tanlovda har bir nominasiya bo`yicha tanlov arizasini taqdim etish huquqiga ega bo`lgan yakka ishtirokchi yoki bir guruh ishtirokchilar qatnashishi mumkin.

▪Arizalarni qabul qilish muddati: 2019 yil

15 avgustdan 1 oktyabrgacha.

Tanlov 2 bosqichda bo`lib o`tadi:

1-bosqich — arizalarni qabul qilish;

2-bosqich — “INFOLIB – 2019” VIII Milliy axborot-kutubxona haftaligi doirasida uslubiy ishlanma/loyihaning taqdimoti.

✏Uslubiy ishlanma/loyihalar quyidagi nominasiyalar bo`yicha baholanadi:

  • “Interfaol kitob”,
  • “Foydalanuvchi bilan ishlashning interfaol shakllari”.
  • Arizalar info@natlib.uz elektron pochta manziliga “Bolalar va yoshlarni mutolaaga jalb qilish bo`yicha eng yaxshi uslubiy ishlanma/loyiha” Respublika tanloviga mavzusi bilan yuborilishi lozim.

Tanlovga yuborilgan materiallar tahrir qilinmaydi va qaytarilmaydi.

Tanlov 2019 yilning 15 avgustidan 1 noyabriga qadar o`tkaziladi.

Ma`lumot uchun telefonlar:

71 232 83 94

71 239 41 18

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1