1

Majburiy mehnatga jalb etganlik uchun jarima miqdori 10 karra oshiriladi

Jamiyat 26.08.2019, 15:24
Majburiy mehnatga jalb etganlik uchun jarima miqdori 10 karra oshiriladi

Mehnatga ma`muriy tarzda majburlash uchun belgilangan jarima miqdori 10 barobar oshiriladi. Bu haqidagi tuzatishlar Senat tomonidan ma`qullandi, deya xabar qilmoqda Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi.

Mehnatga biron bir shaklda ma`muriy tarzda majburlash uchun jarimalar miqdori sezilarli darajada oshirildi. Shanba kungi 21-yalpi majlisda Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksga o`zgartirish kiritish to`g`risidagi qonun O`zbekiston Oliy Majlisi Senati tomonidan ma`qullandi.

Hozirda mazkur qonunbuzarlik holati uchun jarima miqdori Ma`muriy javobgarlik to`g`risidagi Kodeksning 51-moddasiga muvofiq EKOIHning 1 barobaridan 3 barobarigacha miqdorni tashkil etadi. Yangi tuzatishlar jarima miqdorini EKOIHning 10 barobaridan 30 barobariga qadar oshirishni nazarda tutgan.

Shuningdek, ushbu modda xuddi shunday huquqbuzarlik ma`muriy jazo chorasi qo`llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgani uchun EKOIHning 30 barobaridan 100 barobarigacha miqdorda jarima solishni nazarda tutuvchi qism bilan ham to`ldirilmoqda.

Voyaga etmagan shaxsga nisbatan shunday huquqbuzarlik sodir etilgan bo`lsa, EKOIHning 30 barobaridan 50 barobarigacha, bir yil davomida takror sodir etilgan taqdirda – EKOIHning 50 barobaridan 100 barobarigacha miqdorda jarimaga tortiladi.

Majburiy mehnatga jalb etish holati uchun jarima miqdorini sezilarli darajada oshirish taklifini Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi o`tgan yilning kuzida olib chiqqan edi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1