1

​Orolbo`yi milliy tabiat bog`i tashkil etilmoqda

Jamiyat 26.08.2019, 14:17
​Orolbo`yi milliy tabiat bog`i tashkil etilmoqda

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti “Respublikada o`rmonlardan foydalanish samaradorligini oshirishga doir qo`shimcha chora-tadbirlar to`g`risida”gi qarorni imzoladi, deya xabar qilmoqda O`zbekiston Respublikasi O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi.

O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi, Moliya vazirligi, Iqtisodiyot va sanoat vazirligining 2020 yil 1 yanvardan boshlab:

a) O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi markaziy apparati tuzilmasida:

raisning investisiyalar va davlat-xususiy sheriklik masalalari bo`yicha o`rinbosari lavozimini joriy etish;

O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi tizimiga kiruvchi byudjet tashkilotlarining 29 ta shtat birliklarini optimallashtirish hisobiga tarkibiy bo`linmalarni yanada takomillashtirish, shu jumladan, Investisiyalarni jalb qilish va davlat-xususiy sheriklikni rivojlantirish boshqarmasi hamda O`rmon mahsulotlarini ishlab chiqarish va eksportni tashkil etish boshqarmasini tashkil etish;

b) Qoraqalpog`iston Respublikasida Orolbo`yi milliy tabiat bog`ini, Qashqadaryo, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Jizzax viloyatlarida tegishlicha Muborak, Xorazm, Qorovulbozor, Nurota va Forish davlat o`rmon-ov xo`jaliklarini tashkil etish to`g`risidagi takliflariga rozilik berildi.

O`rmon xo`jaligi davlat qo`mitasi Qoraqalpog`iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, Qashqadaryo, Xorazm, Buxoro, Navoiy va Jizzax viloyatlari hokimliklari bilan birgalikda Orolbo`yi milliy tabiat bog`i, Muborak, Xorazm, Qorovulbozor, Nurota va Forish davlat o`rmon-ov xo`jaliklarining davlat ro`yxatidan o`tkazilishini ta`minlaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1