1

O`zbekiston – Italiya: ichki ishlar organlari xodimlari malakasini oshirish sohasidagi hamkorlik

Jamiyat 26.08.2019, 11:39
O`zbekiston – Italiya: ichki ishlar organlari xodimlari malakasini oshirish sohasidagi hamkorlik

Xalqaro hamkorlik ichki ishlar organlari faoliyati samaradorligini oshirishning muhim jihatlaridan biri hisoblanadi.

Shu sababli, bugungi kunda O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining barcha sohaviy xizmatlari, shu jumladan Malaka oshirish instituti tomonidan huquqbuzarliklar profilaktikasi, jinoyatchilikka qarshi kurashish, jamoat tartibini saqlash kabi sohalarda kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish yo`nalishida chet el davlatlaridagi turdosh ta`lim muassasalari bilan hamkorlikni yo`lga qo`yish, ilg`or xorijiy tajribalarni o`rganish orqali uning natijalarini ichki ishlar organlarining amaliy faoliyatiga yo`naltirish ishlariga alohida ahamiyat berilmoqda.

Bu kabi tadbirlardan biri O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining Xalqaro hamkorlik boshqarmasida tashkil etildi.

Mazkur tadbirda Italiyaning mamlakatimizdagi elchixonasi mas`ul xodimi Federiko Kuatrini bilan Ichki ishlar vazirligi Malaka oshirish instituti rahbariyati bilan uchrashuv tashkil etilib, unda mazkur davlatdagi turdosh ta`lim muassasalari bilan hamkorlikni mustahkamlash, professor-o`qituvchilarning malakasini oshirish kurslari va stajirovkalarni tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shu o`rinda aytish joizki, 1992 yil 24 martda O`zbekiston Respublikasi va Italiya Respublikasi o`rtasida diplomatik munosabatlar o`rnatish to`g`risida protokol, 1997 yil 3 mayda ikki davlat o`rtasida o`zaro munosabatlar qat`iyatlari to`g`risida qo`shma Deklarasiya hamda jinoyatchilikka qarshi kurashishda hamkorlik qilish to`g`risida Bitimlar imzolanib, ayni paytda mamlakatlarimiz o`rtasidagi munosabatlar izchil rivojlanib bormoqda.

Uchrashuv yakunida elchixonaning bugungi kunda respublikamizda amalga oshirayotgan loyihalari, shu jumladan Ichki ishlar vazirligi tizimi uchun ko`rsatayotgan yordamlari e`tirof etilib, tomonlar kelgusi hamkorlikni rivojlantirish yuzasidan tegishli chora-tadbirlarni amalga oshirish belgilandi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1