1

Toshkent shahar bosh imom-xatibi o`zgardi

Jamiyat 25.08.2019, 18:36
Toshkent shahar bosh imom-xatibi o`zgardi

25 avgust kuni Nuriddin Xoliqnazarov Toshkent shahar bosh imom-xatibi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda O`zbekiston musulmonlari idorasi Matbuot xizmati xabar qildi.

Nuriddin Xoliqnazarov 1968 yilda Andijon viloyati Asaka shahrida ziyoli oilada tavallud topgan. 1992 yilda Buxoro shahridagi Mir Arab madrasasini, 1998 yilda Imom Buxoriy nomli Toshkent islom institutini, 2007 yilda Farg`ona davlat universitetini tamomlagan.

Ish faoliyati davomida Andijon viloyati Asaka shahri “Ahmadali Maxdum” jome` masjidi imom-xatibi, Toshkent shahri Yunusobod tumani “Oq tepa” jome` masjidi imom-xatibi va shu kunga qadar O`zbekiston musulmonlari idorasining Andijon viloyati vakili, viloyat bosh imom-xatibi vazifalarida mehnat qilgan.

Shu paytgacha poytaxt bosh imom-xatibi vazifasida mehnat qilib kelgan Rahimberdi domla Rahmonov “Minor” jome` masjidi imom-xatibi vazifasida ish faoliyatini davom ettiradi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1