1

Muddatidan oldin harbiy unvon va qimmatbaho sovg`alar: “ArMI – 2019” g`oliblari munosib taqdirlandi

Jamiyat 25.08.2019, 09:05
Muddatidan oldin harbiy unvon va qimmatbaho sovg`alar: “ArMI – 2019” g`oliblari munosib taqdirlandi

Kecha, 24 avgust kuni poytaxtimizdagi Yoshlar markazida “ArMI – 2019” Xalqaro armiya o`yinlari g`olib va sovrindorlarini taqdirlashga bag`ishlangan tantanali tadbir bo`lib o`tdi.

Unda O`zbekiston mudofaa vaziri general-mayor Bahodir Qurbonov, harbiy okruglar qo`mondonlari, davlat va jamoat tashkiloti vakillari hamda O`zbekiston nufuzini xalqaro maydonlarda munosib himoya qilgan harbiy xizmatchilarning yaqinlari ishtirok etdi.

“Men barchalaringiz bilan faxrlanaman, sizlar bilan butun O`zbekiston faxrlanadi. Nufuzli xalqaro armiya o`yinlarida munosib ishtirok etib, yurtimiz bayrog`ini yanada balandlarga ko`tarib, bizda o`zgacha iftixor va g`urur hissini uyg`otdinglar. Siz kabi jasur va mard o`g`lonlarimiz bor ekan, armiyamiz doim birinchi bo`lib qoladi”, dedi tadbir davomida so`zga chiqqan mudofaa vaziri.

“Yoshlar markazida” da o`tkazilgan bugungi tadbirda mudofaa vaziri bir guruh harbiy xizmatchilarni muddatidan oldin harbiy unvon va qimmatbaho sovg`alar bilan taqdirladi.

Eslatib o`tamiz, joriy yilning 3-17 avgust kunlari 10 ta davlat hududida “ArMI – 2019” xalqaro armiya o`yinlari bo`lib o`tdi. Mazkur tadbir doirasida 39 ta davlatdan 32 ta nominasiyada 222 ta jamoalar bellashdi. O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligidan 14 ta jamoa ishtirok etdi.

“Tank biatloni” va “Harbiy-tibbiy estafeta” tanlovida qatnashgan jamoamiz sovrinli I o`rinni, “Sodiq do`st”, “Rembat”, “Elbrus xalqasi”, “Qo`shinlar razvedkasi a`lochilari” – II o`rinni hamda “Xavfsiz marshrut”, “Musaffo osmon”, “Yo`l patruli”, “Dala oshxonasi”, “Artilleriya olovi ustasi” – III o`rinni egalladi.

2019 yilda jamoalarimiz 14 ta nominasiyadan 11 tasida (80%) sovrinli o`rinlarni egallaganligi, o`tgan yilgi natijalarning soniga nisbatan qariyb 2 barobarga ortganini ko`rsatmoqda.

“ArMI – 2019” xalqaro armiya o`yinlari bu yilgi natijalariga ko`ra barcha ishtirok etgan davlatlar o`rtasida O`zbekiston 5 – pog`onani egalladi.

Shu bilan birga, Mudofaa vazirligi jamoalari tarkibida yurtimiz sharafini munosib himoya qilgan harbiy xizmatchilar “ArMI – 2019” xalqaro armiya o`yinlarida munosib ishtirok etib, 10 dan ortiq yo`nalishlarda rekord natijalarni qayd etdi.

Mudofaa vazirligi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar departamenti

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1