1

“Lasetti”ga ustamonlik bilan yashirilgan 60 million so`mlik uyali telefonlar fosh etildi

Jinoyat 25.08.2019, 09:00
“Lasetti”ga ustamonlik bilan yashirilgan 60 million so`mlik uyali telefonlar fosh etildi

Sifati kafolatlanmagan maishiy texnika buyumlarini mamlakatimiz chegaralaridan noqonuniy tarzda olib o`tishga urinayotgan kimsalarga qarshi bojxonachilar tomonidan keskin kurash olib borilmoqda.

Xususan, Toshkent viloyati bojxona boshqarmasi “Bekobod” bojxona postidagi navbatdagi ustamonlik bojxonachilar tomonidan o`z vaqtida fosh qilindi. Bu haqda Davlat bojxona qo`mitasi axborot xizmati xabar bermoqda

Ya`ni fuqaro A.Sh. boshqaruvidagi “Lasetti” avtomashinasi belgilangan tartibda xolislar ishtirokida endoskop nazoratidan o`tkazildi.

Natijada, avtomashinaning jihozlari orasiga ustamonlik bilan yashirilgan umumiy summasi salkam 60 million so`mlik 49 dona uyali telefon apparatlari borligi aniqlandi.

Hozirda yuqoridagi holat yuzasidan bojxona tekshiruvlari davom etmoqda.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1