1

“Buyuk ajdodlarga munosib voris bo`laylik” I yoshlar festivali bo`lib o`tadi

Jamiyat 25.08.2019, 08:55
 “Buyuk ajdodlarga munosib voris bo`laylik” I yoshlar festivali bo`lib o`tadi

Joriy yilning 26-30 avgust kunlari respublikamizning barcha hududlari bo`ylab “Buyuk ajdodlarga munosib voris bo`laylik” shiori ostida I yoshlar festivali o`tkaziladi.

O`zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan mamlakatimiz yoshlarini buyuk ajdodlarimizga munosib avlod qilib tarbiyalash, ularda vatanga sadoqat, ilm-fanga muhabbat, ustozlarga ehtirom tuyg`ularini shakllantirish, iqtidorli yoshlar tashabbuslarini har tomonlama qo`llab-quvvatlash, intilishlarini ro`yobga chiqarish, ularning jamiyatda munosib o`rin egallashlariga ko`maklashish hamda keksa avlod bilan yoshlar o`rtasida doimiy muloqot o`rnatilishiga erishish maqsadida o`tkazilayotgan festival joylarda quyidagi sanalara o`tkaziladi:

26 avgustda Navoiy, Buxoro, Namangan viloyatlari va Qoraqalpog`iston Respublikasida;

27 avgustda Xorazm, Andijon, Surxondaryo va Sirdaryo viloyatlarida;

28 avgustda Farg`ona, Qashqadaryo, Samarqand, Jizzax va Toshkent viloyatlarida;

29 avgustda Toshkent shahrida.

Festival davomida Prezidentimizning 5 ta ijobiy tashabbusi asosida sport musobaqalari, kitob-savdo yarmarkalari, yosh tadbirkorlar mahsulotlari ko`rgazmalari, faxriy o`qituvchilar, ijodkor yoshlar bilan uchrashuvlar, “Robototexniklar tanlovi” hamda bir-biridan qiziqarli boshqa tadbirlar tashkil etiladi.

O`zbekiston yoshlari ittifoqi barcha yoshlarni festivalda faol ishtirok etishga chorlaydi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1