1

«Madaniyat va ma`rifat» telekanali o`qituvchilar kanali bo`ladi

Jamiyat 24.08.2019, 15:23
«Madaniyat va ma`rifat» telekanali o`qituvchilar kanali bo`ladi

Kecha, 23 avgust kuni xalq ta`limi tizimini rivojlantirish, pedagoglarning malakasi va jamiyatdagi nufuzini oshirish, yosh avlod ma`naviyatini yuksaltirish masalalariga bag`ishlangan videoselektor yig`ilishi bo`lib o`tdi. Prezident Shavkat Mirziyoev O`zbekiston teleradiokompaniyasining «Madaniyat va ma`rifat» telekanali ko`rsatuvlarining asosiy qismi ta`lim-tarbiya jarayonlari, o`qituvchi va murabbiylarning faoliyatiga bag`ishlanishi kerakligini aytdi.

Shuningdek, Prezident hududiy teleradiokanallarda ham maktablar va muallimlar faoliyatini yoritishga keng o`rin berilishini ta`kidladi.

— Jamiyatimizda eng e`zozli inson o`qituvchilar, muallimlar bo`lishi kerak, — dedi davlatimiz rahbari.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1