O`zbekiston Xitoyga urug`chilik agroklasteri, zamonaviy issiqxonalar barpo etishni taklif etdi

Jamiyat 24.08.2019, 15:06
O`zbekiston Xitoyga urug`chilik agroklasteri, zamonaviy issiqxonalar barpo etishni taklif etdi

Uzumchilik va vinochilikni rivojlantirish agentligida O`zbekiston-Xitoy qishloq xo`jaligi qo`mitasining uchinchi yig`ilishi onlayn-muloqot tarzida tashkil etildi. Bu haqda Qishloq xo`jalik vazirligi matbuot xizmati xabar qildi.

Muloqotda ikki davlat vazirliklari, davlat organlari va xo`jalik yurituvchi sub`ektlari vakillari hamda mas`ul xodimlar ishtirok etdi.

Videokonferensiyada O`zbekiston Respublikasi qishloq xo`jaligi vazirining o`rinbosari S.Xodjaev hamda Xitoy Xalq Respublikasining qishloq xo`jaligi va qishloq ishlari vazirining o`rinbosari Chjan Taolin Pekinda tashkil etiladigan amaliy uchrashuvlar oldidan imzolanishi kutilayotgan kelishuvlar borasida so`z yuritishdi. Jumladan, S.Xodjaev Xitoy bilan turli yo`nalishlarda hamkorlikka tayyor ekanini qayd etib, O`zbekistonda zamonaviy issiqxonalarni barpo etish, agrotarmoqni raqamlashtirishga qaratilgan qishloq xo`jaligida innovasiya markazini tashkil etish, urug`chilik agroklasterini joriy etish hamda Sirdaryo, Jizzax, Qashqadaryo hududlaridagi foydalanishdan chiqqan erlarni o`zlashtirish uchun ajratish imkoniyatlari mavjudligini bildirdi.

photo_2019-08-20_11-54-23.jpg

Onlayn-muloqotda o`simlikshunoslik sohasida hamkorlikni mustahkamlash va fitosanitariyani rivojlantirish, meva va sabzavotchilik eksporti, investision hamkorlikni faollashtirish, standartlashtirish va sertifikatlashtirish, sohada ta`lim va ilm-fan yo`nalishidagi hamkorlikni rivojlantirishga doir masalalar muhokama etildi. Tomonlar o`zaro qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat sanoatida ikki tomonlama savdo iqtisodiy hamkorlikni yanada rivojlantirish uchun katta salohiyat mavjudligini, tegishli tashkilotlar o`rtasidagi biznes aloqalarni kengaytirishga, qishloq xo`jaligi savdosini kengaytirishga va qishloq xo`jaligi va oziq-ovqat mahsulotlarini o`zaro etkazib berishni kuchaytirishga yo`naltirilgan qo`shma tadbirlarni rivojlantirish muhimligini ta`kidladilar.

photo_2019-08-20_11-54-24.jpg

Bundan tashqari uchrashuv vakillari diplomatik vakolatxonalar orqali kelgusida tomonlarning hududlarida qishloq xo`jaligi sohasida o`tkazilishi ko`zda tutilgan yarmarkalar, ko`rgazmalar, uchrashuvlar, xalqaro simpoziumlar to`g`risida doimiy ravishda ma`lumot almashishga kelishib oldilar.

photo_2019-08-20_11-54-26.jpg

Muloqot yakunida Qo`mitaning to`rtinchi yig`ilishi Pekinda o`tkazilishiga kelishib olindi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1