1

Kitobxonlar avlodi shakllanmoqda

Jamiyat 24.08.2019, 15:02
Kitobxonlar avlodi shakllanmoqda

Mamlakatning ma`naviy darajasini ko`rsatadigan muhim ko`rsatkichlardan biri o`sha xalqning kitobxonligi, bugun qanday kitoblarni mutolaa qilayotganligi bilan belgilanadi. Shuning uchun hozirgi kunda xalqimiz orasida kitobxonlik madaniyatini oshirish,yoshlarni ommaviy kitobxonlikka jalb etish borasida davlat siyosati darajasida bir qator amaliy ishlar bajarilmoqda. Chunki Prezidentimiz ham o`z nutqida ta`kidlaganidek, bugun kitob o`qiyotgan bola ertaga o`nta televizor ko`rayotgan bolalarni boshqarishi aniq. Buni O`zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan uch yildan buyon o`tkazib kelinayotgan "Yosh kitobxon" tanlovi orqali sezish qiyin emas. Bu tanlov yangi davrning "kitobxonlar avlodi"ni shakllantira oldi.

2017-2018 yillar davomida mazkur tanlov doirasida jami 970 ming nafar yoshlar qamrab olingan bo`lsa, joriy yilda tanlovga bo`lgan qiziqish yanada ortib, saralash bosqichida ishtirok etgan yoshlar soni 1 million 200 nafardan oshib ketdi. Bu degani yoshlar kitobga, ma`rifatga qaytdi, kadrlar masalasi bo`yicha yuzaga keladigan muammolar asta-sekin bartaraf etiladi, degani. Hozirda "Yosh kitobxon"ning hududiy bosqichlari o`tkazilmoqda. Tafakkur jangida eng ko`p kitob o`qigan kuchlilargina g`oliblikka munosib ko`rilyapti. Albatta, gap sovg`aning darajasida emas, kitobning o`qilayotganligida...

Kitobxonliktanlovlari yosh oilalar o`rtasida ham o`tkazilayotgani esa quvonarli hol. "Eng yaxshi kitobxon oila" tanlovi ilk marotabaSirdaryoda bo`lib o`tdi. Unda yosh oila vakillari Prezident sovg`asi - "Spark" avtomashinasi sovrindori bo`lishdi. Albatta, insonning eng sof va eng pokiza tuyg`ulari oila bag`rida shakllanadi. Axir o`sayotgan farzandtarbiyani qo`lida kitob ko`targan ota-onasidan o`rganadi. U ham ertaga televizor qarshisida emas,kitoblar qarshisida ilm olishga chog`lanadi. Kitob o`qigan oilaning ma`naviy havosi toza bo`ladi. Buyuklar, daholar ulg`ayadi bu xonadonlarda.

Bugun kitobxonlik bo`yicha bellashuvlar harbiylar o`rtasida ham davom etyapti. "Temur tuzuklari bilimdoni" tanlovi Kuch tuzilmalaridagi yosh harbiy xizmatchilarning ma`naviy saviyasi va intellektual salohiyatini yuksaltirish, milliy merosimizning tarixiy ildizlarini o`rganish hamda tahlil etish, buyuk ajdodlarimiz va jasur zamondoshlarimizning ibratli hayotini keng targ`ib etishda muhim vazifani bajarmoqda. Prezidentimiz ta`kidlaganidek, bugungi kunda harbiylarimizningfaqatgina jismoniy baquvvat bo`lishi kamlik qiladi. Intellektual jihatdan ham yuqori darajada turish mukammallikning belgisi bo`ladi. Albatta, Amir Temurning "Temur tuzuklari"ni o`qimay turib, harbiy san`at sirlarini anglash mumkin emas. Sohibqironning harbiy strategiyasini o`zlashtirish uchun mazkur kitobni varaqlash kerak.Avgust oyi davomidabarcha hududlarda ushbu tanlovning hududiy bosqichi yakunlanib, senyabrda respublika bosqichi bo`lib o`tadi.

Shu o`rindayana bir muhim masala borki, u ham bo`lsa, yoshlarga qanday kitoblarni o`qitish masalasi. Chunki hozir nima ko`p? Ma`lumot ko`p. Bozor iqtisodiyotini bahona qilgan holda kitob do`konlarimizga turli xil kitoblar kirib kelayotgani bor gap. Navoiy bobomizaytganlaridek, "Chanqagan odam sahroda suv topganda unga singan sopol yoki oltin idish farqsizdir". Ya`ni u qanday qilib bo`lmasin, chanqog`ini qondirishga intiladi. Butun vujudi bilan ilmgaintilayotgan yoshlar ham shunday. O`zining tafakkurini to`ldirishuchun yaxshimi yomonmi turli kitoblarni o`qiydi. Yoshlar ittifoqining yirik loyihalaridan biri bo`lgan

“Yoshlar kutubxonasi” rukni ostida chop etilayotgan kitoblar esa o`qilishi shart bo`lgan eng muhim bilim manbalari bo`la oladi. O`tgan yili ushbu rukn ostida 47 nomdagi 470 ming dona badiiy adabiyotlar chop etilib, respublikamizdagi barcha ta`lim muassasalarining kutubxonalariga etkazib berilgan edi.

Shuningdek, joriy o`quv yili arafasida ham an`ana davom ettirilib, yana 12 nomdagi 120 ming dona o`zbek va jahon adabiyotining eng sara asarlarichop etildi.

Hozirda ular mustaqillik sovg`asi sifatida respublikamiz bo`ylab barcha ta`lim muassasalariga etkazib berilmoqda.

Bundan tashqari, “Ma`rifat karvoni” loyihasi doirasida Namangan viloyatiga 25 ming dona, Toshkent viloyati Bo`ka tumaniga 13 ming dona, Quyi Chirchiq tumaniga 1,5 ming dona Toshkent shahridagi Uchtepa tumaniga 10 ming dona badiiyadabiyotlar etkazib berildi.

Bir so`z bilan aytganda, bugungi kunda to`rtinchi tashabbusyoshlarnikitoblar atrofidabirlashtira oldi. Kitoblar bilan birlashgan xalqning maqsadi aniq,borar manzili oydin bo`ladi.

Kutubxonaga boraylik, bizni ham buyuklar kutmoqda!!!

Go`zalOXUNOVA

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1