1

Tramp: «Kim Chen In raketalar uchirishni yaxshi ko`radi»

Dunyo 24.08.2019, 14:39
Tramp: «Kim Chen In raketalar uchirishni yaxshi ko`radi»

AQSh prezidenti Donald Tramp Shimoliy Koreyaning Yapon dengizi tomon navbatdagi raketa uchirishiga munosabat bildirdi..

Donald Trampning aytishicha, Vashington Pxenyanning qisqa masofali raketalar sinovini o`tkazishini taqiqlamagan. U Biarrisdagi G7 sammitiga uchib ketishdan avval jurnalistlarga shuni ma`lum qildi.

Shimoliy Koreya etakchisi sizning ishonchingizni suiiste`mol qilmadimi, degan savolga Oq uy rahbari AQSh-Janubiy Koreya qo`shma harbiy o`quvlari tugaganidan keyin raketalar uchirilishi to`xtaydi, deb va`da berdi.

«Yo`q, bunday deb o`ylamayman. U (Kim Chen In — tahr.) raketa sinovlarini yaxshi ko`radi», — dedi Tramp.

Qo`shma Shtatlar rahbari mamlakatlar o`rtasidagi munosabatlar yaxshi ekaniga to`xtalib, biroq «hammasi o`zgarib ketishi mumkinligi»ni ham qo`shimcha qildi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1