1

Mingbuloqlik ma`suliyatsiz “ota” ga ma`muriy jazo qo`llanildi

Jinoyat 24.08.2019, 14:17
Mingbuloqlik ma`suliyatsiz “ota” ga ma`muriy jazo qo`llanildi

Majburiy ijro byurosi Mingbuloq tuman bo`limi va ma`muriy sud hamkorligida tashkil etilgan navbatdagi sayyor sud qaroriga ko`ra otalik burchini unutgan shaxs o`n besh sutkalik ma`muriy qamoqga tortildi.

Sayyor sudda aniqlanishicha, tumanning Qo`g`aliko`l mahallasida yashovchi Qodirov Sardorali fuqarolik ishlari bo`yicha Namangan tumanlararo sudning 2018 yil 21 fevraldagi qaroriga ko`ra bir nafar farzandi ta`minoti uchun aliment to`lashi ko`rsatib o`tilgan. Lekin mas`uliyatsiz otabu majburiyatga panja orasidan qarab, to`lovni vaqtida amalga oshirmay keladi. Joriy yilning 1 avgust holatiga qarzdorlik 6.158.267so`mga borib etdi. Bir necha bor Majburiy ijro byurosi tuman bo`limi davlat ijrochilarining ogohlantirishiga qaramay qarzdorlik bartaraf etilmadi. Natijada fuqaroga nisbatan sud o`n besh sutkalik ma`muriy qamoq jazosini tayinladi.

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1