“O`zbekiston” noshirlari “Media Uz – futbol haftaligi” musobaqasini g`alaba bilan boshlashdi

Jamiyat 24.08.2019, 01:21
“O`zbekiston” noshirlari “Media Uz – futbol haftaligi” musobaqasini g`alaba bilan boshlashdi

O`zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi hamda O`zbekiston Futbol assosiasiyasi bilan hamkorlikda OAV va matbaa korxonalari xodimlari uchun tashkil etilgan “Media Uz – futbol haftaligi” start oldi.

Ushbu musobaqani o`tkazishdan asosiy maqsad bugungi kunda respublikamizdagi turli tashkilotlarda, ayniqsa, yosh kadrlar o`rtasida jismoniy tarbiya va sportni keng targ`ib qilish, ularni sportga jalb etish, xususan, matbuot va matbaa sohasidagi xodimlarining jamoaviy sport bilan shug`ullanishni odat qilishga ko`niktirishdir.

Musobaqaning ochilish marosimi hamda birinchi o`yinlar 2019 yil 23 avgust kuni Yakkasaroy tumani jismoniy tarbiya va sport boshqarmasiga qarashli sobiq “Tekstilchilar” stadionida – tabiiy chimli maydonda o`tkazildi.

Aytish lozimki, O`FA birinchi vise-prezidenti Ravshan Ermatov musobaqada o`zi ham ishtirok etib, futbol muxlislarini xushnud etdi. Yana bir e`tiborli jihati, matchlarni professional hakamlar boshqarib borishmoqda.

“Sog`lom tanda – sog` aql” maqolini o`ziga shior bilgan Axborot va ommaviy kommunikasiyalar agentligi tizimidagi “O`zbekiston” nashriyot-matbaa ijodiy uyi jamoasi ilk o`yinni “Mu5” televideniesi jamoasiga qarshi olib borib, 4:2 hisobida g`alabani qo`lga kiritdi.

Hal qiluvchi gollarni esa “O`zbekiston” NMIU jamoasi hujumchisi Muhammadali O`ktamov raqib darvozasiga kiritdi.

Eslatib o`tamiz, musobaqa 29 avgustga qadar davom etadi. Turnirda birinchi o`rinni qo`lga kiritgan jamoa – 36 million so`mga, ikkinchi o`rin egasiga – 24 million, uchinchi o`rinni qo`lga kiritgan jamoaga esa – 12 million so`m miqdorida pul mukofoti beriladi. Shuningdek, “Eng yaxshi futbolchi”, “Eng yaxshi darvozabon”, “Eng yaxshi to`purar” kabi nominasiyalar bo`yicha ham g`oliblar aniqlanib, rag`batlantiriladi.

“O`zbekiston” NMIU

Matbuot xizmati

Sharhlar

Ob-havo: Toshkent
Valyuta kursi
1